So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yerlarni nazorat qilish ishlari qanday olib borilmoqda?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish choralari haqidagi” va 2020-yil 7-sentyabridagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini takomillashtirish choralari haqidagi” farmoni bilan yerlarni, ayniqsa, sugʻoriladigan yerlarni saqlash boʻyicha bir qancha konsepsiya va vazifalar belgilab berildi.
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi uning shahar va tuman boʻlimlari tomonidan 2023-yil boshidan eʼtiboran 17-oktyabriga qadar, jami 1849 holatda 685, 41 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning har biriga ogohlantirish xatlari berildi.

Ushbu noqonuniy holatlarga koʻrilgan choralar sababidan 1071 holatga 233,64 gektar yer maydonlari tuman hokimligining yer zaxirasiga qaytarilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari 207 holatda, 41,96 gektarli yer maydoni, davlat yer zaxirasiga qaytarilish chorasi koʻrilmoqda. Shuningdek 480 holat 374,97 gektar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi.
Sugʻoriladigan yerlarda qonunga zid qurilish ishlari olib borilgani uchun 92 holatda 11,14 gektar maydon toʻplangan hujjatlar asosida Prokuratura organiga oʻtkazildi.

Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman boʻlimlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 2 411 jismoniy va yuridik shaxslarga 11 mlrd. soʻmdan oshiq jarimalar qoʻllanildi.


Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi oʻz oldiga qoʻyilgan rejalar asosida noqonuniy yer egallashlarning oldin olish ishlarini davom ettirmoqda.
Kadastr agentligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
boshqarmasi boshligʻi
Isatay Tleuov
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir