So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Hokimiyatdan aziyat chekkanlar!
Inson qadri birinchi oʻrinda deb bong urishni bilamiz. Lekin qaysi insonning qadriga yetyapmiz unisi hammamizga qorongʻu.
Inson qadri birinchi oʻrinda deb bong urishni bilamiz. Lekin qaysi insonning qadriga yetyapmiz unisi hammamizga qorongʻu.
Butun boshli oilani uysiz koʻchada qoldirib ketayotgandekmiz goʻyo. Bir necha kun avval Effect.uz tahririyatiga Yakkasaroy tumani meros mahallasi Choʻpon ota koʻchasi 48-50 uyda istiqomat qilayotgan oiladan murojaat kelib tushgan.
Fuqarolarning aytishiga qaraganda Xajayev Shuxrat ismli shaxsdan 1996-yilda yashab turgan uylarini tilxat asosida sotib olishgan. Oʻsha paytlari kadastr hujjatlariga eʼtibor boʻlmagani sababli uyning hujjatlari bizda-ku yana sotgan odamning ham tilxati bor deb yuraverishga.
Qarabsizki! 2016-yilda xonadon egalari uyni nomiga rasmiylashtirish harakatiga tushishadi. Biroq, hokimiyatdagilar negadir oʻzlarini paysalga solishgan.
2018-yilda esa yashab turgan uylari hokimiyat zaxirasiga olinadi va oilani uydan chiqarish uchun sudga daʼvo arizasi kiritiladi. Shundan soʻng, 2019-yilda hokimiyat foydasiga hal qilingan sudning qarori bilan uy tadbirkor nomiga rasmiylashtirib beriladi.
Mana necha yildirki oila-aʼzolari murojaat qilib bormagan tashkiloti qolmabdi!
Odamni oʻylantirib qoʻyadigan tarafi shundaki qanday qilib 27 yildan beri yashab kelayotgan uyni davlat zaxiraga olishi mumkin yana qoʻllarida uyning hujjatlari bola turib!
Qizigʻi shundaki uyning oldingi egasi hali hayot va uy uni nomida boʻlsa. Shu joyida odamda bitta savol tugʻiladi. Demak har birimiz yashab turgan uyimizni hokimiyat tortib olib biron bir biznes boshlamoqchi boʻlgan odamga berib yuborishi mumkin ekan-da.
Demak, qonun osti hujjatlarimizda yashab turgan uyini zaxiraga olib ularning taqdirini hal qilmasdan koʻchaga chiqarib yuborish mumkin boʻlgan bandlari ham bor ekan.
Insonlarda hali ham qonunlarimiz mukammal emas yoki oʻzgalar foydasiga ishlaydi degan fikr tugʻiladi. Bu holat yuzasidan oliy sud, kadastr agentligi, hokimiyat vakillaridan munosabat kutib qolamiz.