So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Mirziyoyev hokimlarga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish boʻyicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktyabr kuni hududlarda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi Toshkent shahrida 448 soʻm boʻlgani holda Namanganda qariyb 3 ming soʻmni, Samarqand va Navoiyda 2 ming 600 soʻmni tashkil qiladi.
Suv ishlab chiqarish tannarxida elektr energiyasi ulushi respublika boʻyicha oʻrtacha 27 foiz. Lekin Fargʻona, Namangan va Toshkent viloyatida bu koʻrsatkich yuqori. Maʼlumki, Oʻzbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish maqsadida korxona, tashkilot va aholi xonadonlarida quyosh panellari oʻrnatilmoqda. Lekin, yiliga 880 million kilovatt-soat elektr isteʼmol qiladigan suv taʼminoti korxonalarining bu boradagi ishi sezilarli emas.
Davlat rahbari viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish vazifasini qoʻyar ekan, bunda eng katta manba suv korxonalari ishlatadigan elektrning bir qismini “yashil energiya”ga oʻtkazish ekanini taʼkidladi.
Masalan, hozirda suv korxonalari 1 kilovatt-soat elektrni 900 soʻmdan sotib olayapti. Quyosh stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr narxi esa oʻrtacha 350-400 soʻm, yaʼni 2 barobardan ziyod arzon. Investorlarni jalb qilib, suv inshootlari atrofidagi boʻsh maydonlarda quyosh panellari oʻrnatish mumkin.
Shuningdek, eskirgan ichimlik suvi nasoslarini energiya tejamkoriga almashtirish zarurligi aytildi. Suv boʻyicha loyihalar qiymatini qayta koʻrib chiqish, ularda ishlatiladigan materiallarni mahalliylashtirish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.
Sohadagi yangi loyihalar bundan buyon bevosita joylarga chiqib, aholining fikri va roziligi olinganidan keyin mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi belgilandi. Loyihaga qancha mablagʻ ajratilgani, pudratchisi qaysi korxona ekani, qachon ishga tushishi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi. Shu orqali bu borada ham jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.



