So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Konigil, Sentob, Sangardak, Uxum, Avval– UNWTOʻning 25-sessiyasida “Eng yaxshi turizm qishloqlari”ni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida “Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
«Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021-yilda nafaqat rivojlangan hududlarga, balki oʻz qadriyatlarini saqlagan va anʼanalarini targʻib qilayotgan qishloqlarga sayyohlar eʼtiborini jalb qilish maqsadida taʼsis etilgan. Bu galgi nomzodlar roʻyxatida Oʻzbekistonning 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi «Konigil», Navoiy viloyatidagi «Centob», Surxondaryo viloyatidagi «Cangardak», Jizzax viloyatidagi «Uxum» va Fargʻona viloyatidagi «Avval» turizm qishloqlari ham bor», – deydi Turizm qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Mansur Melikov.
Taʼkidlash joizki, “Eng yaxshi turizm qishloqlari” taqdirlash marosimi bu yil uchinchi bor oʻtkaziladi. Marosim oldingi yillardagi kabi aʼzo davlatlarning yuqori darajali aʼzolari, shuningdek, qishloq jamoalari vakillarini birlashtiradi.
Maʼlumot uchun, UNWTO tomonidan har yili iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanayotgan, shuningdek, mahalliy qadriyatlar va anʼanalarni saqlab qolib, targʻib qilib kelayotgan eng yaxshi qishloq turizm qishlogʻini aniqlaydi.