So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Levandovski va nihoyat tengsiz deya eʼtirof etildi (maqola)
Bilamizki, koʻplab futbolchilar Ronaldu va Messining soyasida qolib ketishgan. Bunday futbolchilarga misol qilib: Zlatan Ibragimovich, Kaka, Neymar, Inesta, Xavi va boshqa koʻplab futbochilarni koʻrsatish mumkin.
Ushbu futbolchilar qatoriga yana bir afsonaviy futbolchilardan biri RobertLevandovskini qoʻshish kerak. Leva bir-necha yillardan beri yuqoridagi ikki dunyo yulduzlari soyasida qolib ketdi, ammo oʻzi ishtirok etgan barcha musobaqalarda oʻz soʻzini ayta oldi. U uzoq qiyinchiliklardan soʻng va nihoyat kecha, 17-yanvar kuni “The Best” sovriniga loyiq koʻrilib, dunyoning eng kuchli futbolchisi deya eʼtirof etildi.
Biz sizlar bilan 2021-yilning eng yaxshi futbolchisi RobertLevandovski hayoti va faoliyatiga bir nazar tashlasak.
Robert Levandovski 1988-yil 21-avgustda Varshavaning Biyelan tumanida tugʻilgan. Uning otasi, Kshishtof oʻgʻliga professional futbolchi sifatida chet elga koʻchib oʻtishini osonlashtirish uchun Robert ismini tanlagan. Robertning otasi Kshishtof 2005-yil mart oyida ogʻir kasallikdan soʻng 49 yoshida vafot etagan.
Robert tugʻilgandan soʻng, oila Polshaning Leszno shahriga koʻchib oʻtdi, u erda ota-onasi boshlangʻich maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishga joylashdi.
Leszno shaharida ota-onalarga sport karyerasini tugatgandan soʻng ish topish osonroq boʻlgani, shuningdek, er uchastkasi bilan uy sotib olish arzonroq belgilangani sabab Levaning ota-onasi ham shu yoʻlni tanlashgan.
Robertning uyi yonida sport maydonchasi bor edi, bu unga bolaligidan toʻp bilan koʻp vaqt oʻtkazish imkonini berdi. Levaning ota-onasi farzandlari bilan koʻp vaqt oʻtkazishdi: onasi Robertning singlisiga voleybol oʻynashni oʻrgatdi, otasi esa Robert bilan maktabda jismoniy tarbiya darslarida, shuningdek, Leszno shahridagi “Partizan” klubida mashgʻulotlar olib bordi.
Biroq, Robertning opasi Milena Levadan farqli oʻlaroq, sport karyerasini qura olmadi. Lekin Robert esa oʻziga ota-onasining sportga boʻlgan ishtiyoqini meros qilib oldi.
Levandovski koʻplab sport musobaqalarida qatnashdi va futboldan tashqari: basketbol, qoʻl toʻpi, kros, stol tennisi kabi sport turlarida oʻz omadini sinab kordi. U koʻplab sport turlarini yaxshi koʻrardi, lekin uning hayotida asosiy oʻrinni futbol egalladi.
“Olti yoshligimda 1994-yilgi jahon chempionatida Roberto Badjoni eslayman. 10 yoshdan 14 yoshgacha mening kumirim Alessandro Del Pyero edi. Keyinchalik Terri Anri meni hayratda qoldirdi. Men shunday oʻyinchi boʻlishni xohlardim, lekin bari-bir Robert Levandovski boʻlib qolaman”, - degan Levandovski.
Robert Levandovskini mensishmagandi!
Leva tugʻilgan davrda Polsha sporti, jumladan, futbol tanazzulga yuz tutgan edi. Bu, ayniqsa, yosh futbolchilarni tayyorlashga taalluqli edi. Polshada taʼlim bir nechta sport bazalarida olib borildi, u erda ishqibozlar bolalar bilan ishladilar.
Sakkiz yoshli Robert ham shunday joyga tushib qoladi. Uning birinchi klubi “Varsoviya” boʻlgan. Bu klub oʻz oʻyinchilariga dushli xonalar bilan taʼminlash imkoniga ega emas edi.
Leva otasi bilan bir qancha klublarga boradi, shu jumladan Polshaning kuchli klublaridan biri “Legiya”ga ham, lekin ular bolalar bilan ishlashga qiziqishmagan.
Lekin Levandovski “Varsoviya”ga ota-onasi fikri bilan yaana borishiga toʻgʻri kelgan. Chunki bu klubda bolalarga boshqa klublarga qaraganda eʼtibor kuchliroq edi.
Ota-onalar Robert ishtirok etgan barcha oʻyinlarni koʻrishga harakat qilishdi. Robert bolaligidanoq yuqori samaradorligi bilan ajralib turardi: u “Partizan” va “Varsoviya” uchun kuniga bir nechta oʻyin oʻtkazishi mumkin edi. Levandovski yoshlar jamoasining yetakchisi edi, ammo oʻsha paytda u tarkibdagi eng past boʻyli va eng ozgʻin oʻyinchilardan biri edi. Shuningdek, jamoaning eng istiqbolli isteʼdodlaridan biri hisoblanmas edi.
Robert 2004-yilgacha Varshavaning “Varsoviya” jamoasida oʻynagan. Shundan soʻng Varshavaning “Delta” va “Legiya II” klublarida faoliyatini davom ettirgan.
U Varshavaning “Delta” klubiga yoʻl oladi. Bu klub uning kattalar darajasidagi birinchi jamoasiga aylandi, shuningdek, birinchi marta Levandovskiga pul toʻlay boshlashdi.
Dastlab Robert “Varsoviya”ni tark etishni xohlamadi, ammo klub murabbiyi: “u va boshqa bir qancha futbolchilar oʻzlarini kattalar darajasida sinab koʻrishlari kerak”, - deya taʼkidlagani uchun jamoadan ketadi.
2005-yil 30-aprelida Levandovski ”Delta” uchun birinchi golini urdi. Bu «Lomyanka”ga qarshi toʻrtinchi liga oʻyinida sodir boʻldi.
“Delta” tarkibida u bor-yoʻgʻi toʻrt oy oʻtkazdi va shu vaqt ichida u toʻrtta gol urdi. Mavsum tugagandan soʻng, hamkorlik qiluvchi uchunchi liganing “Legiya II” klubining sport direktori “Delta”dan bir nechta yosh oʻyinchilarni, shu jumladan Levandovskini olish istagini bildirdi. Buning natijasida 2005-yilning yozida u ikkinchi jamoasiga oʻtdi.
“Legiya” odatda oʻyinchilarni asosiy tarkib oʻyinlariga jalb qilmoqchi emas edi. Prezident kubogi deb nomlangan turnirda u bir marta bitta oʻyinda beshta gol urgan, lekin umuman olganda unchalik sermahsul boʻlmagani uchun jamoa ustozi Yerji KraskA tomonidan tanqid qilingan.
Chempionatdagi butun mavsum davomida u faqat ikkita gol urdi. U koʻpincha oʻzi uchun emas, balki jamoa uchun oʻynadi, koʻpincha darvoza tomon orqa bilan oʻynadi va chaqqonlik qobiliyati bilan ajralib turardi, ammo u hali ham ajoyib isteʼdod sifatida tasniflanmadi. Oʻsha paytda “Legiya” tarkibida koʻplab yosh qobiliyatli futbolchilar bor edi.
Faqat u yerda oʻynagan yoki mashgʻulot oʻtkazgan darvozabonlar orasida Yan Muxa, Voysex Щyensnыy va Lukash Fabyanskiy kabi futbolchilar yuqori darajaga chiqa oldi.
2006-yil 26-aprelda Polshaning uchinchi ligasining ”Dolkan” klubiga qarshi oʻyinida Levandovski zaxiradan maydonga tushdi, biroq bor-yoʻgʻi bir necha daqiqadan soʻng raqib bilan hech qanday aloqa qilmay, son mushaklaridan jarohat oldi.
U shu sababli mavsum oxirigacha safdan chiqqan edi. Keyinchalik Levandovski jarohatidan forigʻ boʻldi, ammo “Legiya” barii-bir u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Keyinchalik, Levandovski “Varsoviya”dagi sobiq murabbiylaridan biri Mark Krjivicki va onasi fikriga koʻra eng yaxshi variant “Znich” boʻlishiga ishontirishdi.
Natijada Levandovski boshqa jamoalardan takliflar olganiga qaramay, “Znich” klubga koʻchib oʻtdi. Bu davrda u balandligi sezilarli darajada oshdi - 10 santimetr.
Shu sababli, u muvofiqlashtirishda muammolarga duch keldi, u baʼzi harakatlarni qayta oʻrganishga majbur boʻldi . “Znich”da Levandovski unga tanasini parvarish qilishni oʻrgatadigan murabbiylar bilan uchrashdi.
2006/07 yilgi mavsumda “Znich” jamoasi Polshaning uchinchi ligasida eng yosh jamoa edi, ammo yakunda klub juda ham kuchli harakat qildi va ikkinchi ligaga yoʻl oldi.
2007/08 yilgi mavsumda “Znich” oliy divizionga chiqmay, ikkinchi liga jadvalida beshinchi oʻrinni egalladi. “Znich” bilan bir vaqtning oʻzida uchta jamoa 62 ochko toʻplashdi, ammo “Piast” va “Arka”da urilgan va oʻtkazib yuborilgan gollar orasidagi farq eng yaxshi boʻldi, shuning uchun “Znich” birinchi ligaga yoʻl ololmadi.
“Znich”da Levandovski muntazam ravishda gol ura boshladi, shuning uchun “Legiya” unga yana qiziqib qoldi. Bu klub hatto uning transferi boʻyicha muzokaralarni boshladi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Levandovski “Legiya”dan ancha yuqori maosh talab qildi. Natijada “Legiya” transferni rad etdi.
2007-yil 7-aprelda Levandovski kattalar darajasidagi rasmiy oʻyinda oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi. U jamoasining barcha gollarini “Pelikan”ga qarshi oʻyinda kiritdi. Yakunda “Znich” 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2006/07 yilgi mavsumda 15 ta gol urgan Levandovski toʻrt guruh jamoalarining birinchi toʻpurari boʻldi, bir yildan soʻng esa 21 gol bilan ikkinchi liganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
“Zaglembe” klubi yosh futbolchiga qiziqish bildirgandi, ammo oʻsha paytda u ular uchun juda qimmat edi. 2007-yilning 26-aprel kuni Levandovski 19 yoshgacha boʻlgan Polsha terma jamoasidagi birinchi va yagona oʻyinini oʻtkazdi.
“Lex”dagi faoliyat
Levandovskiga Yevropaning bir qancha klublari qiziqish bildirdi, lekin oʻsha paytda u Polshani tark etishni istamadi va “Lex” klubini tanladi.
Levandovski 2008-yilning iyun oyida “Lex” klubiga yoʻl oldi. Polsha Oliy ligasiga oʻtish Levandovski uchun osonroq boʻldi.
“Lex” bilan birinchi oʻyinlardanoq Levandovski gol ura boshladi, har safar oʻziga boʻlgan ishonchi ortib borardi. U “Belxatuv”ga qarshi debyut oʻyinidayoq yangi klubi uchun goli bilan hisobni ochdi, ammo jamoasi barii-bir yakunda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
U Yevropa kubogi turnirlaridagi ilk oʻyinidayoq oʻzini koʻrsatib, Ozarbayjonning “Xazar-Lenkoran” darvozasini ishgʻol qildi, buning evaziga “Lex” UYEFA kubogi saralash bosqichidagi oʻyinda minimal gʻalaba bilan yakunladi.
Oliy ligada Levandovski ancha tez rivojlana boshladi, bu ham jamoadoshlari, ham raqiblarning saviyasi oshgani bilan bogʻliq edi.
Leva “Lex”da bir necha oy oʻynaganidan soʻng, 2008-yilning dekabr oyida Polshaning “Piłka Nożna” haftalik nashri (polyakchadan – “Futbol”) Levandovskini yilning kashfiyoti deb atadi.
Bu davrda u birinchi marta Polshaning kattalar terma jamoasi sfviga chaqirildi. 2008/09 yilgi mavsumda “Lex” Varshavaning “Legiya” va “Visla Krakov” klublariga yutqazib, Polsha chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.
Levandovski 14 ta gol bilan Pavel Brojek va Takesure Chinyamalardan ortda qolib, ligadagi uchinchi toʻpurarga aylandi.
“Lex” bronza medalidan tashqari, Polsha kubogini qoʻlga kiritdi. Bu sovrin Levandovski faoliyatidagi birinchi sovrin edi.
Tengsiz futbolchi boʻlishga ilk qadam
Oʻsha paytda Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati bor eʼtiborini Levandovskiga qaratdi, hatto oʻyinchini ikki yarim million yevroga sotib olish taklifi bilan chiqdi. Ammo “Lex” uni qoʻyib yuborishga rozi boʻlmadi.
2010-yilning yozida Levandovski “Lex” va “Borussiya” direktori oʻrtasidagi uzoq muzokaralardan soʻng toʻrt yarim million evro evaziga Dortmund klubiga oʻtdi.
Bu transfer boshqa klublar: “Shaxtyor”, “Zenit” va “Fenerbaxche” kabi klublarga qaraganda kamroq taklif qilganiga qaramay amalga oshdi.
Levandovski nemis klubida oʻynashni xohlardi, chunki u bolaligida Germaniya va Gollandiya chegarasida almashinuv kursida oʻqigan.
Futbolchi yangi shaharga moslashishda muammolarga duch keldi. U nemis tilini bilmas edi va shuning uchun koʻp vaqtini faqat polshalik jamoadoshlari: Yakub Blaщikovski va Lukash Piщyek bilan oʻtkazdi.
Levandovski darhol asosiy jamoaga tushmadi va bir necha oy oʻtgach, u maqbul oʻyin shakliga ega boʻla boshladi. Bosh murabbiy Yurgen Kloppning gʻayrioddiy yuqori mashgʻulot ritmi ham uzoq vaqt moslashishga taʼsir qildi.
Bu esa keyinchalik ularning intensivligini pasaytirdi, chunki bu Levandovski uchun juda qiyin edi. Biroq, u qattiq mashgʻulotlarni toʻxtatmadi. 2010-yilning 22-avgustida Levandovski Germaniya chempionatidagi debyutini oʻz maydonida “Bayer”ga (0:2) qarshi oʻtkazdi.
Shu yilning 19-sentyabr kuni u Bundesligadagi ilk golini urdi - bu “Shalke-04@ga qarshi oʻyinda (1:3) sodir boʻldi. Levandovski nemis mashgʻulotlari tizimi tufayli formaga kirib, oʻyinini yaxshilashdan oldin, u oʻz uchrashuvlarida koʻplab golli vaziyatlarni oʻtkazib yubordi.
Shu sababli nemis ommaviy axborot vositalari uning oʻyinini bir necha bor tanqid qilishdi.
Dekabr oyidan boshlab Levandovski asosiy tarkibda muntazam maydonga tusha boshladi va yakunda “Borussiya” Bundesligada gʻolib chiqdi. Polyak barcha musobaqalarda toʻqqizta gol urishga muvaffaq boʻldi.
“Borussiya Dortmund”dagi yuksalish
2011/12 yilgi mavsum oldidan Barrios jarohat olib klubga qaytdi, bu esa Levandovskiga hujum markazida imkoniyat yaratdi. U ligada 22 ta gol urdi va shu tariqa bir mavsumda Bundesligada eng koʻp gol urgan polshalik boʻlgan Yan Furtokning rekordini yaxshiladi.
Shu paytdan boshlab Levandovski jamoasining asosiy hujumchisiga aylandi. 2011-yil 13-sentyabrda u Chempionlar ligasida Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2011-yil dekabr oyida Levandovski birinchi marta Polshaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2011-yil 1 oktabrda u Bundesligadagi ilk xet-trikini amalga oshirib, “Augsburg” darvozasini ishgʻol qildi.
18 kundan soʻng, “Olimpiakos» bilan oʻyinda Levandovski Chempionlar Ligasidagi ilk golini urdi. 2011/12 yilgi mavsum Dortmundning “Borussiya” jamoasi Germaniya kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi, bunda “Bavariya” 5:2 hisobida magʻlubiyatga uchratildi. Oʻyinda Levandovski Manuel Noyerga qarshi xet-trik qayd etdi va buning evaziga “Borussiya” birinchi “oltin dubl”ga erishdi.
Robert Levandovski Germaniya kubogining ushbu mavsumida 7 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻldi.
Muvaffaqiyat va yangi klub
2012/13 yilgi mavsumda Levandovski ketma-ket 12 oʻyinda gol urdi va 1964/65 yilgi mavsumda Fridxelm Koniska tomonidan oʻrnatilgan gollar bilan eng uzun oʻyinlar seriyasi boʻyicha klub rekordini yangiladi.
2013-yilning fevralida polyak klub bilan shartnomasini uzaytirmasligi maʼlum boʻldi. 24-aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finalida “Real”ga qarshi oʻyinda Levandovski toʻrtta gol urdi va ushbu turnir tarixida “qaymoqranglilar” darvozasiga 4 tagol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
“Borussiya Dortmund” 2013-yilgi UYEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo “asalarilar” “Bavariya”dan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Germaniya chempionatida “Borussiya” ikkinchi oʻrinni egalladi va Levandovski 24 ta gol urdi. Bundesliganing oʻsha mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Stefan Kissling Levandovskini atigi bir toʻp ortda qoldirdi.
2013-yilning yozida Levandovskiga yana yirik klublar qiziqish bildirishdi: “Chelsi”, “Real”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”. “Bavariya” ham futbolchini qoʻlga kiritish istagini susaymagan edi.
“Borussiya” rahbariyati Levandovskining transferiga keskin qarshi edi, ammo oʻtgan yilgi vaʼdaga amal qilish lozim boʻldi.
Dortmundliklar rahbariyati Levani “Bavariya”ga oʻtishini qatʼiyan rad etdi, chunki “asalarilar”ning yana bir oʻyinchisi Mario Gyotse oʻsha transfer oynasida faollashtirilgan tovon puli miqdori tufayli “Bavariya” koʻchib oʻtgan edi.
Levandovskini klubda saqlab qolish yoki hech boʻlmaganda uni “Bavariya”ga oʻtishdan qaytarishga urinishlariga qaramay, polshalikning oʻzi, hatto “Borussiya” bilan shartnomasi tugaganidan keyin ham erkin agent sifatida buni qilishga majbur boʻlsa ham, u erga borishga qaror qildi .
2013-yil 27-iyulda Levandovski oʻz jamoasi tarkibida “Bavariya”ni 4:2 hisobida magʻlub etib, Germaniya Superkubogi gʻolibiga aylandi. 2014-yil yanvar oyi boshida, “Borussiya” bilan shartnomasi tugashiga olti oy qolganda Robert “Bavariya” bilan dastlabki kelishuvni imzoladi va u kelasi yozda kuchga kirishi kerak edi.
Shu yilning 25-fevral kuni u Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Zenit”ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va buning evaziga Dortmundning “Borussiya” jamoasining oʻsha paytdagi Yevropa musobaqalaridagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Stefan Shapyuizaning 16 gollik rekordini ortda qoldirdi.
16-aprel kuni “Volfsburg”ga qarshi oʻyinda Levandovski “Borussiya” safidagi 100-golini urdi. U 2013/14 yilgi mavsumni Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi va u 20 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Levandovski oʻzining “Borussiya Dortmund” safidagi soʻnggi oʻyinini 17-may kuni Germaniya kubogi finalida “Bavariya”ga qarshi oʻtkazdi.
Orzular ushaldi!
Levandovski “Bavariya”ga oʻtganidan soʻng muxlislar uning ushbu klubdagi kelajakdagi muvaffaqiyatlariga shubha bildirishdi. Oʻsha paytda jamoaning bosh murabbiyi Pep Gvardiola edi, u ilgari “Barselona”da Samuel EtʻO va Zlatan Ibragimovich kabi birinchi darajali hujumchilar, shuningdek, oʻsha “Bavariya”da Mario Manjukich bilan ishlay olmagan edi.
Qolaversa, oʻsha paytda Yurgen Klopp jamoasini tark etgan birorta ham futbolchi “Bavariya”da muhim figuraga aylana olmasdi. Keyinchalik na Nuri Shahin, na Shinji Kagava, na Mario Gyotse muvaffaqiyatga erisha olishmadi.
Bu shubhalar polyakning Myunxendagi birinchi mavsumida ham oʻz tasdigʻini topgandek boʻldi: u avvalgi mavsumlardagidek sermahsul boʻlmadi, shuningdek, sogʻligʻida ham muammolar yuzaga keldi.
Bu uning asosiy oʻyinchilar - xususan, Levandovski bilan klubdagi ilk kunlaridanoq yaxshi munosabatlar oʻrnatgan Frank Riberining jarohati sabab boʻlgan taktik eksperimentlarga moslashishga majbur boʻlgani ham taʼsir qildi.
Robert Germaniya kubogi yarim finalida 28-aprel kuni oʻzining sobiq jamoasi Dortmundning “Borussiya”siga qarshi oʻyinda yaxshi holatda edi.
Ushbu oʻyin, tugashiga besh daqiqa qolganida, u dortmundliklar darvozaboni Mitchell Langerak bilan toʻqnashib ketdi, shu sababli u suyagini sindirib oldi va oʻyinni yakunlamay turib, miya chayqalishi tashhisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
Bu holat Chempionlar ligasining 2014/15 yilgi mavsumida “Bavariya”ning “Barselona”ga qarshi birinchi yarim final oʻyinidan bir hafta oldin sodir boʻldi, unda Levandovski hamon ishtirok etishi mumkin edi.
Biroq, “Bavariya” ikkita oʻyinda magʻlub boʻldi va turnirdan chiqib ketdi. “Bavariya”dagi birinchi mavsumida Levandovski faoliyatida uchinchi marta Germaniya chempioni boʻlishga muvaffaq boʻldi.
U Bundesliganing eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida Aleksandr Mayerdan ikki gol ortda qolgan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Levandovskining “Bavariya”dagi birinchi mavsumidan soʻng Gvardiola uni futbolchilar oʻrtasidagi yaxshi bogʻlovchi deb atadi, buning natijasida jamoa yaxshiroq oʻynadi.
Birinchi mavsumida Levandovski bosh murabbiy undan talab qilgan oʻyin uslubiga moslashdi. Gvardiola, dastlabki shubhalarga qaramay, Robertni klassik markaz hujumchisiga xos boʻlmagan vazifalarni bajara oladigan fazilatlari uchun qadrlay boshladi.
2015/16 yilgi mavsum Levandovski uchun omadliroq boʻldi. U muntazam ravishda “Bavariya”ga gʻalaba keltirgan gollar ura boshladi.
2015-yilning 22-sentyabrida u “Volfsburg”ga qarshi oʻyinda Xuan Bernat oʻrniga maydonga tushdi va 8 daqiqa 59 soniyada beshta gol urdi. Yakunda Leva Bundesliga tarixidagi eng tez 5 gol urgan futbolchiga aylandi.
Polshalik hujumchi 1984-yilda Diter Xyonessdan buyon Bundesliganing bitta oʻyinida beshta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi.
Oʻzining muvaffaqiyati uchun Levandovski Ginnesning rekordlar kitobidan toʻrtta sertifikat oldi: eng tez xet-trik, poker, penta-trik, shuningdek, Germaniya oliy divizionida zaxiradan maydonga tushib, eng koʻp gol urgani uchun.
Natijada Myunxen klubi ketma-ket toʻrtinchi bor Germaniya chempioni boʻldi - bu klub tarixidagi birinchi bunday yutuq edi. Robert uchun chempionlik unvoni Germaniyadagi olti mavsumdagi toʻrtinchisi boʻldi.
Ketma-ket unvonlar
Gvardiola “Bavariya”ni 2016/17 yilgi mavsum oldidan tark etgandi. Uning oʻrniga Karlo Anchelotti keldi. Yangi murabbiy bilan Robert darhol faoliyatidagi ikkinchi Germaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi va yana Germaniya chempioni boʻldi. Ammo mavsum oxiri u uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
“Borussiya”ga qarshi oʻyinda Levandovski “asalarilar» darvozaboni Roman Byurki bilan toʻqnashib ketganidan soʻng yelkasidan jarohat oldi.
Bu jarohat uni Chempionlar ligasining 2016/17 yilgi mavsumida “Real”ga qarshi oʻyindan mosuvo qildi.
“Real” bilan oʻyinda “Bavariya” penalti tepishi kerak edi, lekin Levandovski yoʻqligi sababli buni Arturo Vidal amalga oshirdi, ammo u gol ura olmadi.
Myunxen klubi 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Javob oʻyinida Robert ishtirok etib, gol urdi, ammo qoʻshimcha boʻlimlardan keyin “Bavariya” magʻlub boʻlib turnirni tark etdi.
Oradan bir hafta oʻtib, “Bavariya” Germaniya kubogini ham tark etdi. Liga toʻpurarlari musobaqasida myunxenlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyangdan bir gol ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egalladi.
2017-yil 11-mart kuni Levandovski “Ayntraxt”ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, “Bavariya” safidagi 100-golini urdi.
Levandovski Anchelotti qoʻl ostida ikkinchi mavsumini rekord darajada boshladi va dastlabki yettita oʻyinda oʻnta gol urdi.
2017-yilning 22-noyabrida Robert Belgiyaning “Anderlext” klubi darvozasini ishgʻol qildi va oʻz faoliyatida birinchi marta barcha musobaqalarda bir kalendar yilida 50 ta gol kiritdi. 13-dekabr kuni polshalik “Kyoln” darvozasiga yana bir gol urganidan keyin Bundesliga tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar oʻntaligiga kirdi.
Bir necha oy oʻtgach, Levandovski “Alyans Arena”da “Shalke-04”darvozasiga gol urib, bir mavsumda ketma-ket 11 uy uchrashuvidan iborat boʻlgan golli seriyasini qayd etdi.
Fevral oyida Robert Bundesligadagi 250-oʻyinini oʻtkazdi. Murabbiylar almashganidan keyin biroz vaqt oʻtgach, klub Bundesligada uchinchi oʻrindan birinchi oʻringa koʻtarildi va yakunda yana Germaniya chempioniga aylandi.
Levandovski oʻz faoliyatida uchinchi marta liganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi, ammo Chempionlar ligasida Myunxen klubi “Real Madrid”dan yana magʻlub boʻlib, yarim finalda oʻz ishtirokini yakunladi.
Ushbu yili “Bavariya” Germaniya kubogi finaliga qadar yetib bora oldi, biroq u yerda “Ayntraxt”da 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
2018-yilning 1-avgustida Levandovskining “Bavariya”dan ketishi mumkinligi haqidagi koʻplab mish-mishlardan soʻng, klub bosh direktori Karl-Xayns Rummenigge uni Myunxen klubidan hech qanday pul evaziga sotilmasligini aytdi.
2019-yilning 9-fevralida Levandovski “Shalke-04” darvozasini ishgʻol qildi va “Alyans Arena”da 100 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu gol ham uning “Bavariya” uchun chempionatdagi 119-goli boʻldi, buning evaziga u Roland Volfart yetib oldi va bu koʻrsatkich boʻyicha Myunxen klubi tarixida uchinchi oʻringa koʻtarildi, faqat Rummenigge va Gerd Myuller oldinda edi.
Keyingi oyda Levandovski “Borussiya Myonxengladbax”ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, Volfartni ortda qoldirdi.
U “Volfsburg”ga qarshi oʻyinda yana dubl qayd etib, Pizarroning rekordini yangiladi. Mavsum yakunida 22 ta gol bilan Levandovski toʻrtinchi marta eng yaxshi toʻpurarga aylandi.
“Bavariya” yana Germaniya kubogi finaliga chiqdi, finalda polshalik hujumchi dubl qayd etdi va jamoasiga “Leypsig”ni 3:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi.
Ushbu dubl evaziga Levandovski Germaniya kubogi finalida urilgan gollar sonini oltitaga yetkazdi va Gerd Myullerni ortda qoldirib, tarixda ushbu turnir finalidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Shuningdek, u “Bavariya” bilan faoliyatida ikkinchi marta “Oltin dubl”ni qoʻlga kiritdi.
Uzoq kutilgan orzu
2019-yilning 16-avgustida, 2019/20 yilgi mavsum boshlanganidan soʻng, Levandovski Germaniya chempionatining birinchi oʻyinida “Gerta”ga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi. U turnirning birinchi uchrashuvida qatorasiga beshinchi marta gol urdi va bu Bundesliganing yangi rekordiga aylandi.
Avgust oyi oxirida u “Bavariya” bilan shartnomasini 2023-yilning iyuniga qadar uzaytirdi. 18-sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Srvena Zvezda”ga qarshi oʻyinda Levandovski “Bavariya” safidagi 200-golini kiritdi.
Oʻsha oyda “Paderborn-07”ga qarshi oʻyinda u mavsumdagi oʻninchi golini urdi va ushbu turnir tarixida dastlabki olti turda oʻnta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Levandovski koʻrsatgan oʻyinga qaramay, “Bavariya” mavsumni yomon boshladi va “Ayntraxt”ga 1:5 hisobida magʻlub boʻlgach, bosh murabbiy Kovach isteʼfoga chiqarildi.
Uning oʻrnini Xans-Diter Flik egalladi. Keyinchalik, Levandovski Bundesliga tarixida mavsumning dastlabki oʻn bir oʻyinining har birida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. 26-noyabr kuni “Srvena Zvezda” bilan Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida u 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida toʻrtta gol urdi va “Bavariya” 6:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Bu poker Chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkor poker boʻldi va Levandovski Chempionlar ligasining ikki xil oʻyinida toʻrtta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
2020-yilning 25-fevralida Levandovski Chempionlar ligasining bir mavsumida mehmondagi toʻqqizta oʻyinda kamida bitta gol urish boʻyicha Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. U buni “Chelsi”ga (3:0) gol urganidan keyin amalga oshirdi.
Uning shaxsiy hisobida Chempionlar ligasidagi qatorasiga sakkizta oʻyinda 14 ta gol bor edi.
Uning toʻpurarlik koʻrsatkichi ketma-ket toʻqqizta oʻyinda 15 gol bilan yakunlandi. U 2020-yilgi Chempionlar ligasi finalida gol ura olmadi. Shunga qaramay, “Bavariya” final oʻyinida PSJni 1:0 hisobida magʻlub etdi va buning evaziga Levandovski ilk bor Yevropa chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi.
Chempionlar ligasidan tashqari, “Bavariya” yana bir bor Bundesliga chempionligini, shuningdek, Germaniya kubogini qoʻlga kiritdi va shu tariqa treblga erishdi.
Levandovski tarixda Yoxan Kroyfdan keyin jamoasi oʻsha mavsumda gʻalaba qozongan uchta turnirning har birida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
2020/21 yilgi mavsumda Levandovski yuqori darajadagi oʻyinni davom ettirdi. 24-oktyabr kuni u Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi va Bundesligadagi dastlabki beshta oʻyinda oʻnta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. 16-dekabr kuni Levandovski “Volfsburg”ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va Germaniya chempionatida 250 ta gol urgan Gerd Myuller va Klaus Fisherdan keyin uchinchi futbolchiga aylandi.
“Bavariya” bilan trebl va turnirlardagi shaxsiy yutuqlari uchun 2020-yil 17-dekabrida Levandovski FIFAning eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.
2021-yilning 17-yanvarida u Gerd Myullerning 1968/69 yilgi mavsumda oʻrnatilgan rekordini yangiladi va Bundesliga tarixida 16 oʻyindan soʻng 21 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi[.
23-fevral kuni u 2020/21 yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida “Latsio”ga qarshi oʻyinda hisobni ochdi. Bu gol uning Chempionlar ligasidagi 72-goli boʻldi, bu gol evaziga Levandovski Raulni ortda qoldirdi va ushbu turnir tarixidagi toʻpurarlar orasida uchinchi oʻrinni egalladi.
20-mart kuni Levandovski “Shtutgart” darvozasiga 3 ta gol urib, Bundesligadagi gollari sonini 271 taga yetkazdi.
Bu unga Klaus Fisherdan oʻzib ketish va Bundesliga tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallash imkonini berdi.
Mart oyi oxirida Andorraga qarshi JCH-2022 saralashi doirasida Leva milliy jamoasi safida jarohat oldi va shu sababli Chempionlar ligasi 1/4 finalining ikkala oʻyinini ham oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.
Natijada “Bavariya” ikki uchrashuv yigʻindisiga koʻra PSJdan magʻlubiyatga uchrab musobaqani tark etdi.
Shu yilning 22-may kuni “Augsburg"ga qarshi oʻyinda Levandovski gol urdi va Bundesliganing bir mavsumida 41 ta gol urib, Gerd Myuller tomonidan 1971/72 yilgi mavsumda oʻrnatilgan 40 goldan iborat turnir rekordini yangiladi.
Levandovski Bundesliga va Chempionlar ligasining 2021/22 mavsumida juda ham samarali faoliya olib bormoqda.
U 2021-yildagi juda ham ajoyib oʻyini sabab 2022-yilning 17-yanvar kuni France Football tomonidan topshiriladigan “The Best” sovringa ega chiqdi.
Maʼlumot uchun, Robert Levandovski klublardagi faoliyati davomida 718 uchrashuvda maydonga tushib, 513 gol urishga erishgan. Polsha terma jamoasida esa 128 uchrashuvda 74 gol urishga ham erishgan.
Ibrohim Usmonov