So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Paxta narxi qimmatlashyapti, klasterlar jar yoqasida...
Paxta-toʻqimachilik klasterlari bankrot boʻlish arafasida, bu haqida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida klaster vakillari va uyushma rahbariyati bilan boʻlgan uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan taʼkidlangan.

50 dan ortiq paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari bir necha oylardan beri turli tashkilotlar bilan muloqot qilish istagida. Paxta xosili uchun narxlar baland va bu klasterlarni sinishiga olib keladi.
“Nega Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan tizim turli zarbalar ostida qolmoqda? Klaster rahbarlari yangi loyihalar va investitsiya kiritish bilan band boʻlish oʻrniga mutassaddi tashkilotlar rahbarlarini vaqtini poylash va mavjud muammolarga yechim topish bilan sarson” - deydi klaster rahbarlari.
Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilgi koʻrsatkichlarga nazar tashlansa klasterlar tomonidan jami 1 032 232 gektar yerda 3 509 911 tonna paxta tolasi yetishtirilgan. Ular tomonidan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va yangi korxonalarni barpo etish uchun jami 53 252 784 mln.soʻm investitsiyalar kiritilgan, shundan 30 368 062 mln.soʻmi kredit mablagʻlari va 22 884 722 mln.soʻmi klasterlar oʻz mablagʻlari hisobidan.
2022-yilda 2 845 850 mln.soʻm soliq toʻlovlari amalga oshirilgan, 1 212 333 ming dollarlik mahsulot eksportiga erishilgan, 231 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Bu faqatgina 2 yillik natija. Demak, Prezident isloh qilayetgan tizim oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Paxta narxi yuzasidan mavjud muammo klasterlarni tugatishi aniq.



