So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Quyuqlashgan qon jiddiy xatarlardan ogohlantiradi
Qon inson hayotining asosi hisoblanadi. Organizmda sodir boʻladigan jarayonlarning barchasi qonning sifati va tarkibiga bogʻliq boʻladi. Uning tarkibi buzilganda qon quyuqlashishi, oksidlanishi, unda xolesterin miqdori oshishi qayd etiladi. Qondagi bunday oʻzgarishlar ichki tizimlar va aʼzolar faoliyatining bosqichma-bosqich buzilishiga olib kelishi mumkin. Qon tarkibining oʻzgarishi va uning quyuqlashishi nafaqat yurak, balki buyraklar, miya va jigar kabi boshqa muhim aʼzolarning faoliyatida jiddiy salbiy oʻzgarishlarga olib keladi...
Belgilari qanday?
Qon quyuqlashganda kuzatiladigan asosiy alomatlar quyidagilar hisoblanadi:
- Charchoq;
- Uyquchanlik;
- Bosh ogʻrishi;
- Surunkali charchoq;
- Eʼtiborning kamayishi;
- Depressiv holatlar;
Qonning quyuqlashishi turli jiddiy kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, miokard infarkti, insult, oyoq venalarining varikoz kengayishi, stenokardiya, ateroskleroz, qon bosimining oshishi va boshqalar.
Qon quyuqlashishi sabablari
Normal holatda har qanday odam qonining 90% dan koʻprogʻi suvdan iborat ekanligi maʼlum. Agar kishi muntazam ravishda gazlangan, xlorlangan yoki oddiy iflos suvlarni isteʼmol qiladigan boʻlsa, organizm bunday suyuqlikni tozalash uchun koʻproq energiya sarflaydi. Bu esa qon sifatidagi jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shifokorlarning fikriga koʻra, qon quyuqlashishiga quyidagi omillar turtki boʻlishi mumkin:
- Ogʻir jismoniy mashqlar paytida yoki issiq iqlimlarda inson tanasining kuchli suvsizlanishi, notoʻgʻri ovqatlanish;
- Inson organizmining umumiy oksidlanishi;
- Fermentativ yetishmovchilik;
- Tez-tez uglevodlar va shakar isteʼmol qilish;
- Selen, rux, vitamin C, lesitin, fermentlar va gormonlar ishlab chiqarishda faol ishtirok etadigan boshqa moddalar tanqisligi;
- Qon aylanish tizimida zararli xolesterin hosil boʻlishi;
- Tarkibida yogʻ koʻp boʻlgan ovqatlarni ortiqcha isteʼmol qilish;
- Taloq ishlashida buzilish va boshqalar...
Aksariyat odamlarda qon quyuqlashishining eng keng tarqalgan sababi organizmda suyuqlik yetishmasligi hisoblanadi. Kishi qancha ulgʻaysa, u shuncha kam suyuqlik ichishi aniqlangan. Bu holda, qon asta-sekin quyuqlasha boshlaydi.
Davo choralari
Ushbu muammoni hal qilish uchun koʻplab tibbiy va xalqona vositalar mavjud. Ularning aksariyati samarali hisoblanadi. Shunga qaramay, agar bemor yetarli miqdorda suv ichmaydigan boʻlsa, hech bir vosita unga yordam bera olmasligini unutmaslik darkor. Bu birinchi raqamli qoida boʻlishi kerak: yetarli miqdorda suv ichish. Katta yoshli kishi uchun bir sutkada 1,5-2 litr suv kerak boʻladi. Bunda suv toza boʻlishi muhimdir. Uni qaynatishga hojat yoʻq, shunchaki filtrdan oʻtkazsa kifoya.
Ushbu muammoni davolash ovqatlanish ratsionini tuzatish bilan boshlanadi. Parhez ham muvaffaqiyatli davolanishning muhim bir qismi desak toʻgʻri boʻladi. Qora sedana tarkibidagi timoxinon moddasi qonni suyultirishda yordam beradi. Undan tayyorlangan ALHADAYA kapsulalari ham qon sifatini yaxshilash va uning quyuqlashishiga qarshi samarali vosita ekanligi eʼtirof etiladi.
Unutmang, qonni suyultirish uchun moʻljallangan mahsulotlar nafaqat asosiy muammoni hal qilish, balki nozik tomirlarni mustahkamlash, ular kengayib ketishining oldini olishga ham yordam beradi...
Reklama huquqi asosida