Qidirish

05:29 / 2021-12-14 70 0 Biznes

Stress – kasalliklarning avj olish nuqtasi...mi?

world-news

Stress – inson organizmining haddan tashqari zoʻriqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga boʻlgan javob reaksiyasidir. Biz arzimas deb hisoblagan asabiylik, tushkunlik, qoʻrquv yoki xavotirlar borib-borib stress va depressiyaga aylanadi. Stressning uzoq vaqt davom etishi esa yuzlab kasalliklarga yoʻl ochadi.

Qanday paydo boʻladi?

Stressning paydo boʻlish mexanizmlari batafsil oʻrganilib chiqilgan va juda murakkab jarayon ekanligi oydinlashgan. Yaʼni, ular gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bogʻliq. Shuni taʼkidlash kerakki, ogʻir stresslar sogʻliqqa oʻta jiddiy taʼsir qiladi. Immunitetni pasaytiradi va koʻplab kasalliklarga sabab boʻladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, baʼzida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.

Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh ogʻrigʻi, charchoq, hech narsa yoqmasligi, diqqatning kamayishi – bu oʻqish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashuviga olib keladi. Boshqalarga, hatto, eng yaxshi doʻstlarga, oila taqdiriga befarq boʻlishgacha olib boradi. Doimiy paydo boʻladigan yigʻlash, koʻz yosh toʻkish, xafagarchilik, umidsizlik, oʻz-oʻziga achinish hissi, ishtahaning pasayishi rivojlanadi. Koʻpincha asabiy odatlar shakllanadi: kishi labini, tirnoqlarini tishlaydi…

Oqibatlari

Stress shaxsda bezovtalik va aybdorlik hissi, tez charchash, qoʻpol muomalaning odat tusga kirib qolishi, janjal chiqarish ehtimoli yuqori boʻlishi, qon bosimining koʻtarilishi, oldiga qoʻyilgan masalalarni yecha olmaslik, masʼuliyatni his qilmaslik, mehnat unumdorligining pasayishi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Klinik kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, kichik stresslar tanaga zararli emas, hatto, foydali. Ular odamni hozirgi ahvoldan chiqish yoʻlini topish uchun ragʻbatlantiradilar. Depressiya ogʻirroq, uzoq muddatli shaklga oʻtmasligi uchun har birimiz oʻzimizni tarbiyalashimiz, irodamizni rivojlantirishimiz kerak. Koʻp odamlar stressga qarshi antidepressantlar, spirtli ichimliklar yordamida kurashishga odatlanishgan. Biroq bunday yoʻlni tanlash ularga oʻrganib qolish va mutaxxasis yordamsiz ulardan voz kecha olmaslikka olib keladi.

Stressga qarshi yechim bormi?

Barchaga maʼlumki, toʻyib dam olishdan koʻra yaxshiroq dori yoʻq. Birinchi galda sifatli uyquni yoʻlga qoʻyib olish darkor. Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglash mumkin. Har kuni buni odatga aylantirishga harakat qilish lozim. Psixolog Devid Berns oʻzining “Yaxshi his etish. Kayfiyatning yangi terapiyasi” kitobida negativ emotsiyalarga sarflanadigan vaqtni nazorat qilishni maslahat beradi. Kitobda yozilishicha, 50 daqiqadan ortiq jahl qilish, yigʻlash, baqirish va nolish kerak emas. Qolaversa, eʼtiborni pozitiv jihatlarga qaratish va diqqatni jamlashni ham yoddan chiqarmaslik kerak.

Stressning oldini olishda sovuq siquv yoʻli bilan yogʻi ajratib olingan sunʼiy boʻyoqlar va kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilmagan 100 foiz tabiiy va halol mahsulot ham bor. Bu – ALHADAYA sedana moyidir:

• Tarkibidagi B guruh vitaminlari miyada qon aylanishlarini yaxshilashda;

• Markaziy asab tizimi faoliyatida;

• PP vitaminlari va Magniy miya funksiyalarining toʻgʻri ishlashida;

• Pozitiv kayfiyat va energiyaga ega boʻlishda;

• Miyada “Baxt” va Shodlik” gormonlari ishlab chiqarilishida;

• Diqqat va xotira faoliyatini yaxshilashda;

• Emotsional va ruhiy barqarorlikni tartibga solishda;

• Charchoq va holsizlikda yordam beradi.

Hoziroq qoʻngʻiroq qiling va bepul konsultatsiya oling:

+99871 207 88 86

+99899 842 88 86

Butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati – bepul!

Batafsil maʼlumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagramʻda yangiliklardan boxabar boʻling

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Fikr bildirish