So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Qandli diabet yosharmoqda. Unga qarshi vosita bormi?
Dunyodagi oʻrta yoshli har 11 kishining biri qandli diabetga chalingan boʻlib, bemorlarda yurak xuruji, shol boʻlib qolish, koʻrlik, buyrak yetishmovchiligiga moyillik xavfi yuqori hisoblanadi. Ayanchlisi, bu xastalik yildan-yilga yasharib bormoqda. Organizm qondagi qand miqdorini meʼyorida ushlab turolmaydigan holat yuzaga kelganida qandli diabet kasalligi kelib chiqadi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda hozirgi kunda dunyoda 500 milliondan ortiq odam qandli diabet kasalligiga chalingan. Bu esa 40 yil oldingi koʻrsatkichlardan 27 foizga koʻpdir. Qandli diabetdan toʻla qutulishning imkoniyati yoʻq. Shunga qaramasdan qondagi qandning miqdorini toʻlaqonli nazorat qilish yoʻllari ishlab chiqilgan. Qardli diabet kasalligi bir necha xilga boʻlinadi. Bulardan eng koʻp uchraydigani qandli diabetning 2-turi hisoblanadi. Qandli diabetning bu turida qondagi qandni organizm hujayralari tomonidan ozuqa sifatida qabul qilishiga javobgar insulin gormoni ishlab chiqarish yo kamayadi yoki ayrim sabablar uning toʻlaqonli ishlashiga xalaqit beradi. Bu oʻzgarishlar odatda oʻrta va keksa yoshdagi insonlarda uchraydi.
Kasallik rivojlanishining sabablari quyidagilar:
• Irsiyat. Albatta, kasallik taʼsir etuvchi omillar boʻlmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori boʻladi.
• Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.
• Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar beta hujayralarini shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, meʼda osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
• Virusli infeksiyalar (qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar).
• Asabiylashish, stress.
• Yosh. Yosh ortishi bilan har oʻn yilda diabet rivojlanish xavfi ikki baravar ortadi.
Belgilari qanday?
• Doimiy holsizlik. Charchoq.
• Tez –tez chanqash.
• Sababsiz ozib ketish.
• Ochlik hissi.
• Tez-tez va koʻp hajmda peshob kelishi.
• Oyoqlarda sezishning pasayishi va ogʻriqlar.
• Koʻrish qobiliyatining pasayishi.
• Mushaklarning kuchsizligi va haddan tashqari terlash.
• Har qanday yaralarning qiyin bitib ketishi.
• Bosh ogʻrigʻi va aqliy faoliyat pasayishi.
Koʻp hollarda kasallik alomatlari roʻyobga chiqqanida, tashhis qoʻyiladi. Kech tashhis qoʻyilishi va davolashning kech boshlanishi esa kasallikning ogʻir va asoratlar bilan kechishiga sabab boʻladi. Qandli diabet asoratlarini erta va kech uchraydigan turlarga boʻlish mumkin. Erta uchraydigan asoratlar qonda qand miqdorining keskin pasayib yoki koʻtarilib ketishi bilan bogʻliq. Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarda uzoq muddat qand miqdorining baland turishi natijasida koʻz kasalligi vujudga keladi. Bu koʻrish qobiliyatining pasayishiga va hattoki uning yoʻqolishiga ham olib kelishi mumkin. Qandli diabetning koʻzga taʼsiri koʻrish qobiliyatining pasayishidan ancha oldin boshlanadi. Shuning uchun qandli diabet bilan ogʻrigan kasallar doimiy ravishda koʻz shifokori nazoratida boʻlishlari kerak.
Qon-tomir asoratlari qandli diabetda nogironlikning va oʻlimning asosiy sababchisi boʻlib hisoblanadi. Bularga stenokardiya (koʻkrak sohasidagi sanchiqlar va ogʻriqlar), insult, oyoqlardagi tomir kasalliklari (oyoqlarga qon borishi yomonlashganda kelib chiqadigan yiringli yaralar va qorason), oʻpka va boshqa tuqimalarda suv yigʻilishi bilan kechadigan surunkali yurak yetishmovchiligi va boshqalar kiradi. Bu asoratlarni qon bosimining balandligi, qondagi xolesterin va qand miqdorining yuqoriligi ogʻirlashtiradi.
Davo choralari…
Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana vaznini meʼyorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3 kg dan tushirib borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda, qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng ogʻir hollarda insulin buyuriladi. Hozirgi kunda qandli diabetni davolash koʻpchilik holatlarda simptomatik hisoblanadi va mavjud alomatlarni bartaraf etishga qaratiladi. Yaʼni kasallikning asosiy sababiga qarshi kurashilmaydi, chunki bugungi kunda samarali terapiya dasturi ishlab chiqilmagan. Diabetni davolashda shifokorning asosiy vazifalari uglevod almashinuvini kompensatsiya qilish, asoratlarning oldini olish va davolash hamda tana vaznini meʼyorga keltirish hisoblanadi. Qandli diabet kasalligining oldini olishda samarali hisoblanadigan, sovuq siquv yoʻli bilan yogʻi ajratib olingan sunʼiy boʻyoqlar va kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilmagan 100 foiz tabiiy va halol mahsulot ham bor. Bu – ALHADAYA kapsulalaridir:
• Tarkibidagi B guruh vitaminlari oqsil va uglevodlar almashinuvida faol ishtirok etadi.
• Qondagi qand miqdorini meʼyorlashtirishda.
• Muntazam qon aylanishlarida yordam beradi.
• Tarkibidagi E vitamini va Selen organizmni zararli toksinlarda tozalashda;
• Insulin ishlab chiqarilishini meʼyorlashtirishda;
• Ogʻiz qurishini bartaraf etishda;
• Glyukozaning metabolizmini yaxshilashda;
• Quvvat bagʻishlashda;
• Holsizlik va charchoqning oldini olishda;
• Asabiylik, stress va tushkunlik xolatini bartaraf etishda;
• Moddalar almashinuvini yaxshilashda samarali taʼsir koʻrsatadi.
• Glyukoza miqdorini 5,5 m/mol gacha asta-sekin normallashtiradi.
ALHADAYAʻni butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati bepul. Mahsulotni topish uchun quyidagi koʻrsatilgan telefon raqamlariga va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali murojaat qilish mumkin:
Batafsil maʼlumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagramʻda yangiliklardan boxabar boʻling
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling
Reklama huquqi asosida