So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Boshpanasiz hayvonlar bilan ishlashni takomillashtirishga oid prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda

Oʻzbekistonda “Qarovsiz hayvonlar bilan ishlashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Telegramʻdagi “Ekologuz” kanali xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarovsiz hayvonlar bilan ishlashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Bugungi kunda qarovsiz hayvonlar hokimiyatlar qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli boʻlib, ular jonivorlarga chiqindi sifatida qarab kelayotgani, Maxsus mexanizatsiyalashgan koʻchma brigadalar (otlovka) it va mushuklarni tutib yoxud joyida vaxshiylarcha oʻldirayotgani haqida juda ham faktlar koʻp.
Yangi qaror loyihasida endilikda qarovsiz hayvonlar Veterinariya Qoʻmitasiga oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, Veterinariya Qoʻmitasiga qarovsiz hayvonlar populyatsiyasining oʻsishini nazorat qilish;
har bir hududda priyutlar tashkil etish, zotdor hayvonlarni sertifikatlash;
statistikani yuritish, hayvonlarni ommaviy ravishda sterillash uchun mobil veterinar klinikalar tashkil etish, qarovsiz hayvonlarni oʻldirishning insoniy usuli (evtanaziya) qoʻllash vazifalari yuklatilgan.
Shu bilan birga, evtanaziya tartibi faqat kasal, agressiv qutirgan hayvonlarga nisbatan qoʻllanilishi belgilangan.
Bundan tashqari qaror loyihasida mushuklarga nisbatan ularni emlash (chiplash), sterillash qoʻllanilib, ularni yana kemiruvchilar koʻpaymasligi uchun qaytib qoʻyib yuborish nazarda tutilgan. Chiplangan hayvonlar va ularning egalari boʻyicha elektron bazani yaratish ham qaror loyihasida bor.
Mazkur qaror qabul qilinsa, Oʻzbekiston hayvonlarga nisbatan insoniy munosabatda boʻlayotgan davlatlar qatoriga qoʻshiladi.



