So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Oq uydan kokain moddasi topildi. Uni Baydenning oʻgʻli tashlab ketgan boʻlishi mumkin
Yakshanba kuni Oq uydan topilgan kukun, kokain boʻlib chiqdi, buni ekspertiza tasdiqladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Tergovdan xabardor manbaning aytishicha, laboratoriya tekshiruvi yakshanba kuni Oq uyning umumiy joylaridan topilgan kichik paketda kokain borligini tasdiqlagan.
Ushbu modda binoning gʻarbiy tomonidagi umumiy maydondan topilgan. Ushbu kirish eshigidan ekskursiyaga tashrif buyuruvchilar va xodimlar ofis binolariga kirishdan oldin shaxsiy narsalarni qoldirib oʻtadilar.
AQSH Maxfiy xizmati bayonotiga koʻra, u moddaning gʻarbiy qanotga qanday kirib kelgani boʻyicha tekshiruv oʻtkaziladi. Tergov CCTV tasvirlarini oʻrganish va giyohvand moddalar topilgan binolarga kim kirishi mumkinligini aniqlash uchun binoning kirish jurnallarini tekshirishni oʻz ichiga oladi.
Eslatib oʻtamiz, shubhali oq kukun yakshanba kuni kechqurun bino boʻylab ekskursiya oʻtkazayotgan AQSH Maxfiy Xizmati (UCCC) xodimlari tomonidan topilgan.
Shundan soʻng, zudlik bilan binoda evakuatsiya eʼlon qilindi, AQSH prezidenti Jo Bayden oʻsha paytda Oq uyda boʻlmagan. The New York Post nashrining yozishicha, kukun topilishidan biroz oldin, giyohvand moddalar va korrupsiya mojarolari bilan tanilgan Xanter Bayden Oq uyda boʻlgan.



