So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Oʻzbekistonda Milliy gvardiyaning vakolatlari kuchaytirildi
Milliy gvardiya organlariga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 16 ta moddasi boʻyicha huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish vakolati berildi. Bu haqda AOKAda Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qonunchilikdagi mazkur oʻzgartirishlarga koʻra, Milliy gvardiya organlari xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish kabi maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni koʻrib chiqish uchun sudga yuborish boʻyicha qoʻshimcha vakolatlar berildi.
Bu nimani anglatadi?
Avvalo, 2019-yilda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlarga asosan Milliy gvardiyaga 6 ta modda (61, 185-band 1, 194-band, 1-band, 195-band, 196-band) boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar (mayda oʻgʻirlik, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi, xodimlarning talablariga rioya qilmaslik va ularga qarshilik koʻrsatish hamda h.k.) toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqi berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son qarori bilan Milliy gvardiya zimmasiga ommaviy tadbirlar vaqtida, shuningdek, bogʻlar, xiyobonlar hamda bozorlarda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash vazifasi ham yuklatilgan edi.
Belgilangan vazifalarni bajarishda koʻp hollarda jamoat tartibini buzgan shaxslarga chora koʻrish zarurati paydo boʻldi. Oʻsha paytda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari bayonnoma tuzish huquqiga ega boʻlmaganligi sababli huquqbuzar va boshqa shaxslarga chora koʻrish uchun Ichki ishlar boʻlimiga olib ketilgan. Bu esa ortiqcha qogʻozbozlikka olib kelgan va fuqarolarga biroz noqulaylik tugʻdirgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek, Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan
2022-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi tizimini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 1-bandini bajarish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Joriy yilning 12-may kunidan Milliy gvardiyaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yana 16 ta moddasi (183, 184 prim 2 , 184 prim 3, 185, 185-band, 185-band, 3-idrok, 186, 187, 188, 188 prim 1,
188 2, 188 3, 189, 189 eslatma 1, 191, 192) boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash vakolati berildi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar qayerga yetkaziladi va bayonnomalar qanday rasmiylashtiriladi?
Ayni paytda fuqarolarni Ichki ishlar boʻlimiga yoki mahalla fuqarolar yigʻini (mahalla maʼmuriy binosi/qishloq fuqarolar yigʻini)ga olib borish zaruratini minimallashtirish maqsadida jamoat xavfsizligi va tartibini saqlashga jalb etilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari planshetlar bilan taʼminlandi. Endi harbiy xizmatchilar tomonidan joyning oʻzida shaxsni aniqlash va elektron shaklda bayonnoma tuzish tartibi amalga oshiriladi hamda mazkur bayonnoma sudga yoki Milliy gvardiya mansabdor shaxslariga yuboriladi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari bilan belgilangan reja asosida muntazam ravishda milliy qonunchilikni, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashni, huquqiy sohalarda harbiy xizmatchi va xodimlar harakatining asosiy standartlari va modellarini oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Eng koʻp uchraydigan savollarga javob: Bu yerda gap Ichki ishlar organlaridan Milliy gvardiya organlariga vakolatlarning oʻtkazilganligi haqida bormayapdi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha koʻrsatilgan moddalarga koʻra, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya organlari ishlarni koʻrib chiqishda teng huquqlidir.
Yangi Qonun bilan Milliy gvardiya organlariga MJtKning 16 ta moddalari boʻyicha huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish vakolati berildi. Ulardan hujjatlarni rasmiylashtirib sudga yuborish vakolati berilgan 13 ta moddalar bu –
1. 183-modda. Mayda bezorilik
2. 184(2)-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
3. 184(3)-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish
4. 185-modda. Oʻqotar qurollardan belgilangan tartibni buzgan holda otish
5. 185(2)-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish
6. 185(3)-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi
7. 186-modda. Fuqarolarning xonaki usulda hozirlanadigan oʻtkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlashi yoki sotishi
8. 187-modda (2-qismi). Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish
9. 188(1)-modda. Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish
10. 188(3)-modda. Tilanchilik qilish
11. 189-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
12. 189(1)-modda. Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
13. 191-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar
Koʻrib chiqib, jarima jazosi tayinlash vakolati berilgan moddalar 4 ta, bular –
1 187-modda (1-qismi). Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish
2 188-modda. Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
3 188(2)-modda. Voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish
4 192-modda. Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish.