So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O’zbekistonning 16 ta shahrida Yangi Nafas xalqaro musobaqasi o’tkaziladi
Mazkur musobaqa 25-iyun kuni Yoshlar kuniga bag’ishlanadi.
25-iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida Yoshlar kuniga bag’ishlangan Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo’lib o’tadi. Shuningdek, Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar tashkil etiladi.
Xalqaro ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi ishtirok etdi. Tadbirning texnik va tashkiliy jihatdan tayyorgarlik ishlari O’zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasiga yuklangan. Bosh hamkor – «O'zbekneftgaz» AJ.
Bu yili Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi butunlay yangi formatda o’tkazilmoqda: Toshkentda o’tkaziladigan sport tadbirining ishtirokchilari uchun tanlov asosida 3 ta masofa taqdim etiladi: 1 milya (1609m), 3 km, 10 km, Farg’ona, Namangan, Buxoro, Samarqand va Nukusda – 1 milya va 3 km. Andijon, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganchda yuguruvchilar 3 km masofada musobaqalashadi.
Respublikaning 16 ta shahri “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashadi.
«Mamlakatning aholisi orasida yugurish sportini ommalashtirish va milliy salomatlikni mustahkamlashtirishga qaratilgan tashabbus sifatida boshlangan Yangi Nafas sport harakati, ushbu yili xalqaro harakat maqomiga ega bo’ldi – deb ta’kidladi Аndrey Abduvaliyev, Yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari va Markaziy Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi, - Bo‘lajak ommaviy yugurish musobaqasiga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan yosh sportchilar va yugurish klublarining a’zolari qo’shilib, sport va yoshlar bayramini biz bilan baham ko‘rishadi».
Xalqaro Olimpiya kunini nishonlash bo’yicha Xalqaro Olimpiya qo’mitasining ushbu yildagi murojaati ham ommaviy yugurish mavsuziga yaqin bo’lib, kundalik jismoniy faoliyatni rag’batlantirgan holda, #LetsMove xeshtegi ostida bo’lib o’tmoqda. 1 milyaga yugurish (1609,344 m) - rasmiy sport turi, metrik bo‘lmagan yagona masofa bo‘lib, IAAF bugungi kungacha jahon rekordlarini uning asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi. 25-iyun kuni Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga O’zbekistonning mashhur sportchilari va sog’lom turmush tarzi faollari, yoshlarga ta'sir ko'rsatadigan yosh fikr yetakchilari ham qo’shiladi.
Barcha yugurish havaskorlari, yoshidan qat’i nazar, O’zbekistonning har bir hududida ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Yosh yuguruvchilar uchun ruxsat etilgan yosh chegarasi - 9 yosh. Ishtirokchi shaharlar uchun yagona start ertalab soat 6:00 da beriladi. Toshkentda 5500 ta, Samarqandda 2300 ta, qolgan 14 ta shaharlarda har bitta hududda 2000 ga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda. Joriy yilning 1-iyundan 21-iyungacha Toshkentda musobaqada ishtirok etuvchi yuguruvchilar uchun Iticket.uz saytida ro’yxatdan o’tish imkoniyati taqdim etiladi. Yengil atletika federatsiyasi ta’kidlashicha, bunday qadam hududlarda ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlarni o’tkazish barqarorligi hamda muntazamligini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ishtirok etish qiymati:
· 1 milya masofaga ro’yxatdan o’tishda – 75 000 so’m;
· 3 km masofaga ro’yxatdan o’tishda – 99 000 so’m;
· 10 km masofaga ro’yxatdan o’tishda –149 000 so’m.
Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi:
· Futbolka
· Kepka
· Ko’krak start raqami
· To’g’nog’ichlar
Ishtirokchilarga start paketlarining berilishi 23-iyundan 24-iyunga qadar O’zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasida tashkil etiladi.