So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Senat “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi
Senatning qirq birinchi yalpi majlisida senatorlar “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunni koʻrib chiqdilar.
Maʼlum qilinishicha, ushbu qonun bilan, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga, ustav fondida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shunindek, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs ushbu xodimga aloqador shaxs hisoblanishi mustahkamlanmoqda.
Endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar boʻlinmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan organlar sifatida mustahkamlanmoqda.

Qonunda davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlar, manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topish asoslari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva yangi qonun masalasida fikr berdi:
"Manfaatlar toʻqnashuvining huquqiy oqibatlari belgilanmoqda, yaʼni bunday holatda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan bitimlar sud hukmi orqali bekor qilinishi mustahkamlanmoqda.
Tabiiyki, bu manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va shu orqali umuman korrupsiyaga qarshi kurash jarayonini faollashtirishga ham ijobiy taʼsir etadi. Zero, aynan manfaatlar toʻqnashuvi davlat organlaridagi korrupsiyaviy holatlarning boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi", — deydi Senat raisi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir