So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Koʻz xiraligidan qanday qutulsa boʻladi?
Inson koʻrish orqali tashqi muhit haqidagi maʼlumotlarning 90 foizini qabul qiladi. Eng soʻngi maʼlumotlarga koʻra, har 100 bemordan 70-75 nafarida koʻz xiraligi uchraydi. Koronavirus tarqalishidan oldin bunday bemorlar soni kamroq boʻlgan. Lekin oʻrganishlar natijasi shuni koʻrsatmoqdaki, kovidga chalinganlarda ham koʻz xiralashishi paydo boʻla boshlagan. Koʻz nurini tiklash va yaxshilash usullarini bilish orqali koʻrish qobiliyatini ancha yaxshiroq qilish mumkin.
Sabablari qanday?
Koʻz nurining kamayishi ish va oʻqish jarayonida jiddiy noqulayliklarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda hisobchilar, menejerlar, talabayu - oʻquvchilar, hullas, kim kompyuter qarshisida ikki soatdan ortiq oʻtirsa, bachasi koʻzidan shikoyat qiladi. Olimlar koʻp yillar davomida uzoqni yaxshi koʻra olmaslikning kelib chiqish sabablarini oʻrgandi. Uzoqni yaxshi koʻra olmaslik kunduzgi yorugʻlik yetishmasligidan paydo boʻladi. Shifokorlar hisob-kitoblariga koʻra, yaxshi koʻrish qobiliyatini saqlab qolish uchun kishi bir kunda kamida uch soat vaqtni 10 ming lyuks yorugʻlikda (quyosh nuri yorqinlik darajasi) oʻtkazishi kerak, binoning ichidagi eng kuchli yorugʻlik esa odatda 5 ming lyuksdan oshmaydi.
Koʻrishning buzilishi sabablaridan biri — koʻz olmasining oldinga va bosh miya tomon choʻzilishidir. Koʻrishni yaxshilashning eng aniq va mashhur choralardan biri — ish vaqtida mahalliy yorugʻlik yetarli boʻlishini taʼminlashdir. Yorugʻlik yetishmasligi tezda vizual charchashga olib keladi, natijada koʻrish qobiliyati pasaya boshlaydi. Yorugʻlik ortqichaligi uning yetishmasligi kabi bir xil zarar. Stol lampasidagi yorugʻlik koʻz qorachigʻiga tushmasligi kerak. Bundan tashqari, quyosh nurlari ostida kitob oʻqish tavsiya etilmaydi — ravshan oq qogʻoz koʻzning zoʻriqishiga olib keladi. Agar bosh uzoq vaqt davomida stol yuzasiga egilib tursa, qon taʼminoti yomonlashadi.
Tabiiy yechimlar...
A, B, C vitaminlari ham koʻz nurini tiklashga yordam beradi, ular ham bolalar, ham kattalar uchun kerak. Sabzida A vitamini va beta-karotin koʻp. Koʻrishning ravshan boʻlishiga yordam berish uchun, A vitaminini oʻz ichiga olgan oziq-ovqat va turli xalqona vositalarni yogʻ bilan isteʼmol qilish kerak, chunki bu vitamin yogʻda eriydi. Masalan, sabzidan tayyorlangan salatlarga zaytun yoki qovoq moyini qoʻshish foydalidir. Koʻz kasalliklarini davolashda Ibn Sino qalampirmunchoqdan keng foydalangan. Qalampirmunchoq koʻz xiraligi va shapkoʻrlikni davolaydi. Koʻruvchanlik qobiliyatini oshiradi.
Bemor 1-1,5 oy davomida doimiy ravishda qlampirmunchoqli choy ichib yursa, bu muolajaning foydasini biladi. Bundan tashqari, sahih hadislarida aytilganidik, oʻlimdan boshqa barcha dardga shifo boʻlishga qodir qora sedana ham koʻz uchun juda foydali. Bugungi kunda oliy navli qora sedanadan tayyorlangan ALHADAYA kapsulalariga ming-minglab insonlar ishonch bildirmoqda. Uning tarkibida A, V, D, Ye, PP vitaminlari, shuningdek, kalsiy, magniy, selen kabi mikro va makroelementlar mavjud. Koʻz gavharingizni asrang. Zero, Abu Ali Ibn Sino aytganidek, ona tabiatning oʻzidayoq inson dardlariga malham boʻluvchi vositalar jamlangan!
Reklama huquqi asosida