So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
1hls.uz platformasida oʻzgarishlar: endi piyoda yurib, 100 million soʻm yutib olish mumkin
Turizm va sport vazirligi 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni ragʻbatlantirishning yangi tizimini maʼlum qildi.
Tizimning yangi va asosiy oʻzgarishlar quyidagicha:
Endi sutkasiga 10 ming qadam yurganlarni yanada koʻproq ragʻbatlantish maqsadida har hafta quyidagicha sovrinlar oʻynaladi:
Bitta 100 million soʻm miqdorida pul mukofoti;
Mingta velosiped.
Gʻoliblar har hafta “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi;
Gʻoliblarni aniqlash shaffof va xolis boʻlishi uchun Jamoatchilik nazorati kengashi tuzildi. Kengashga deputat Rasul Kusherbayev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev va bloger Nikita Makarenko unga oʻrinbosar boʻladi;
yangi ragʻbatlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022-yil 16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming soʻm berish toʻxtatiladi;
Lekin 15-yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan barcha fuqarolarga pullar toʻliq toʻlab beriladi.