So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
InfinBank Saudiya Arabistondagi Kengash yigʻilishida jami 40 mln dollarlik kelishuvlarga erishdi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot bankiga aʼzo mamlakatlar Kengashining yillik yig‘ilishi doirasida InfinBank Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan umumiy qiymati 25 million dollarlik, shuningdek, Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 15 mln dollarlik shartnoma tuzdi.
Shariat tamoyillari asosida beriladigan mablag‘lar mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Xususan, kredit liniyasi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish, shuningdek, yuridik shaxslar va kichik va o'rta subyektlari uchun uskunalar xarid qilishga yo‘naltiriladi.

“Hozirda jahonda islomiy bank mahsulotlari bozori jadal rivojlanmoqda. Xususan, mamlakatimizda xaridorlarning bunday mahsulotlarga qiziqishi ortib bormoqda. Bankimizga kelsak, biz nafaqat global tendensiyalarga, balki mijozlarimiz talabiga ham e'tibor qaratamiz.
Shuning uchun islom banki sektorini rivojlantirish biz uchun strategik ahamiyatga ega. Biz ITB bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. So'nggi erishilgan natijalar esa InfinBANK va ITB guruhi o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini anglatadi”, — dedi bank raisi Burxanov B.N.
