So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
UFC va boks xabarlari: “Pol - axlat, uni nokautga uchrataman” - Sezar. Sterling va Yang jangi qoldirildi

Tayson Fyuri Aleksandr Usik noqonuniy giyohvand moddalar qabul qilishda aybladi
Ogʻir vaznda WBC yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usik noqonuniy giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi haqida fikr bildirdi.
“Hech qachon toʻxtamang, chunki siz doimo ehtiyot boʻlishingiz mumkin. Shuning uchun har doim tayyor boʻling. Hey Jey, sen katta aqlsiz ahmoqsan. Bu kamarlarni menga qaytarib ber, loʻlilar qiroli!. Sen giyohvand moddalar qabul qilasan”, - dedi Fyuri oʻzining Instagramdagi videomurojaatida.
Jeyk Pol Julio Sezarga javob berdi
You tube blogeri Jeyk Pol meksikalik bokschi Julio Sezar tashlagan chaqirigʻiga javob berdi. Oldinroq u Polni nokautga uchratishini aytgan va “axlat” deya tariflagan edi.
“Bu qiziq. Menga bu jang yoqadi, chunki u tanqidchilarning ovozini oʻchiradi. U jahon chempioni edi, men uni magʻlub etishimni bilaman. Agar uning natijalariga qarasangiz, 50 ta gʻalaba bor.
Lekin har holda, uning yaxshi statistikasi bor. Bunday chaqiruv men uchun qiziq. Vudli bilan boʻlgan jangdan keyin koʻpchilik bokschi bilan hali ham jang qilishim kerakligini aytishdi. Men javob berdim: “Yigitlar, Men harakat qildim, lekin u jangdan bosh tortdi”. Mana endi shunday jang tashkil qilish imkoniyati bor. Men haqiqiy bokschi bilan jang qilmoqchiman”, - dedi Pol.
Aljameyn Sterling bilan Pyotr Yan oʻrtasidagi jang qoldirildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Aljameyn Sterling rossiyalik Pyotr Yan bilan revansh jangi qoldirilganini maʼlum qildi. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida jangning surilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqagandi. Endi amerikalik jangchi bu maʼlumotni tasdiqladi.
“Jang koʻchirildi. Balki aprel oyida jang qilamiz. U erda nima boʻlishini bilmayman, lekin mashgʻulotlarda davom etaman va tayyorman”, - deb yozdi Sterling Twitter sahifasida.
Maʼlumot uchun, Yang va Sterling UFC 259 doirasidagi birinchi jangini 2021-yil mart oyida oʻtkazishgan. Ushbu jangda Yang ustunlik qilgan edi, ammo toʻrtinchi raundda u taqiqlangan zarbani amalga oshirdi, shuning uchun u diskvalifikatsiya qilindi.



