So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Boks: Jahon chempionatining ikkinchi kunida 3 nafar o’zbek bokschilari ringga ko’tarildi
Bugun, 2-may kuni Toshkentda bo’lib o’tayotgan Boks bo’yicha Jahon chempionatining 2-kungi bahslari o’tkazildi.
Toshkenda bo’lib o’tayotgan Boks bo’yicha Jahon chempionatining 2-kungi bahslarida 3 nafar o’zbekistonlik bokschilar ringga ko’tarildi.
Bugungi kunning dastlabki jangini -63.5 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Ruslan Abdullayev ilk bosqichda Puerto-Riko vakili Manuel Febus ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Kunning ikkinchi jangida ham o’zbek bokschilarining jahon chempionatidagi g’alabali yurishi davom etdi. -86 kg vazn toifasida jang olib borayotgan Shohjahon Abdullayev keyingi bosqich sari dadil qadam tashladi. Bahs yakunida barcha hakamlar qirg’izistonlik Erkin Adilbekga qarshi kurashgan Abdullayevning g’alabasini tasdiqlashdi.
Shuningdek, 80 kg vazn toifasida dunyo birinchiligida ilk bor ringga ko’tarilgan Jasurbek Yo’ldoshev debyutini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Shu tariqa, Jasurbek jazoirlik Younes Nemouchni musobaqadan chiqarib yubordi.