So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Xitoy Buyuk Britaniya bilan diplomatik mojaro keltirib chiqarishi mumkin
Agar Karl III ning toj kiydirish marosimida Xitoy vitse-prezidenti Xan Chjen ishtirok etsa, Pekin diplomatik janjal keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri Britaniya tashqi ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshining aytishicha, rasmiy taklif Xitoy rahbari Si Tszinpinga yo‘llangan, biroq protokolda taklif etilgan rahbarning o‘rnini u tanlagan shaxs egallashi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Marosimda qatnashishi kutilayotgan Xan Chjen so'nggi besh yil davomida materikning Gonkongga nisbatan siyosatini nazorat qilgan va bu Londonda keskin tanqidlarga sabab bo'lgan, natijada Britaniya-Xitoy munosabatlari yomonlashgan.
“Bu odam xalqaro shartnoma - Xitoy-Britaniya qo'shma deklaratsiyasi (Gonkongni XXRga o'tkazish to'g'risida 1984 yil) - yo'q qilingani uchun javobgardir! Aynan u tufayli demokratiya tarafdori bo'lgan Gonkong hukumati tinch faollari ta'qib qilingan.
Bu odamni o'z rolini o'ynaganini hisobga olsak, uni Buyuk Britaniyaga kelishi barchaning g’azabini keltirishi aniq”, - dedi g Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasining sobiq rahbari Ian Dunkan Smit.
Konservativ deputat Tim Loughtonning ta'kidlashicha, toj kiydirish marosimida ishtirok etish uchun Xan Chjenni yuborish Buyuk Britaniyaning “erkinlikni sevuvchi xalqini haqorat qilish” bo'ladi.
Vazirlar mahkamasining sobiq a'zosi Saymon Klark ham uning marosimda ishtirok etishiga qarshi chiqdi.
Xan Chjenning ehtimoliy tashrifi bo'yicha bahslar Londonning Pekinga nisbatan siyosati bo'yicha kengroq munozaralar chog'ida avj oldi.
Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli 26 aprel kuni nutq soʻzlab, Xitoy bilan sovuq urush boshlanishidan ogohlantirdi va qirollik milliy xavfsizlik manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishi va Pekinni ochiqdan-ochiq tanqid qilishda davom etishi sharti bilan Xitoy bilan aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.
Ma’lumot o’rnida, Karl IIIning toj kiyish marosimi Yelizaveta II vafotidan sakkiz oy o‘tib, 6-may kuni Londondagi Vestminster abbatligida 2000 kishi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.



