So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Dunyoda yiliga 247 million kishi bezgakka chalinmoqda —JSST
Jami kasallanish koʻrsatkichlarining 95 foizi va oʻlim holatlarining 96 foizi Afrika qitʼasida qayd etilyapti.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, dunyoda yiliga oʻrtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qoʻyilmoqda.
Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha boʻlgan bolalar.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus qayd etganidek, hozir bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profiliktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi tasdiqlangan.
Xususan, kasallikka qarshi emlanish orqali har yili oʻn minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin. Qolaversa, infeksiya oʻchoqlari aniqlangan mamlakatlarga koʻmak berish yoʻli bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor.
Masalan, 2019-yilda sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan bezgakka qarshi birinchi vaksina qariyb 30 yillik izlanishlar natijasida yaratildi.
U kasallikning oldini olishda xavfsiz va samarali ekani isbotlandi. Shundan soʻng mazkur emlash vositasi JSST tomonidan 2021-yilda ommaviy qoʻllash uchun tavsiya etildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, hozirgacha Gana, Keniya va Malavida 1,5 million bola tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan pilot-loyiha asosida birinchi dozada emangan. Ikkinchi dozadagi vaksinatsiya dasturi maʼqullanishi bilan emlanuvchi qatlam qamrovi yanada oshadi.
Qolaversa, hozir bezkak tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashda innovatsion usullardan foydalanishga kirishilgan.