So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Eron YI va Buyuk Britaniyaning obro’li odamlarini qora ro'yxatga qo’shdi
Bugun, 24 aprel kuni Eron hukumati sanksiyalar roʻyxatini kengaytirdi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.
Ma’lum qilinishicha, Tehron Yevropa Ittifoqining 11 nafar jismoniy va 1 yuridik shaxsiga, shuningdek, 6 nafar jismoniy va 3 nafar Buyuk Britaniya yuridik shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritgan.
“Eron Tashqi ishlar vazirligi tegishli organlar bilan maslahatlashganidan soʻng va tegishli qoidalar va mexanizmlar doirasida quyidagi jismoniy va yuridik shaxslarni <...> Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyani terrorizm va terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlaganlik uchun sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi.
Ular Eron xalqiga qarshi terrorchilik harakatlari va zo‘ravonliklarni qo‘zg‘atish, Eronning ichki ishlariga aralashish, Eronda zo‘ravonlik va tartibsizliklarni qo‘zg‘atish, Eron haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish va Eron xalqiga qarshi sanksiyalar rejimini kuchaytirishda ishtirok etishgan”, — deyiladi xabarda.
Qora ro‘yxatga, xususan, Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Germaniya-Isroil jamiyati va Britaniya dengiz floti qo‘mondoni Benjamin Jon Key ham kiritilgan.
Eron yurisdiktsiyasi doirasida aniqlangan taqdirda, cheklovlar qo'yilgan shaxslarning bank hisoblari va aktivlari bloklanadi, qora ro'yxatdagilarning respublika hududiga kirishi taqiqlanadi.
Shuningdek, bugun Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IRGC, Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi) to‘rt nafar a’zosiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir