So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Islom Karimov harbiylarga yoʻllagan oxirgi tabrigida qanday pozitsiya haqida toʻxtalgan edi?
Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov oʻlimidan oldin 2016-yil 14-yanvar vatan himoyachilariga yoʻllagan eng soʻnggi bayram tabrigida nima degan edi? Oʻsha damda Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi keng nishonlanayotgandi. Karimov harbiy xizmatchilar hamda xalqqa:
“Oʻzbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega boʻlgan, yaxshi taʼminlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir boʻlgan milliy armiyasiga ega, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Mamlakatimizning zamonaviy Qurolli Kuchlarini tashkil etishda harbiy qurilish sohasiga prinsipial jihatdan yangicha yondashuvning ishlab chiqilgani koʻp jihatdan hal qiluvchi omil boʻldi. Bu yondashuv eski, oʻz umrini oʻtab boʻlgan, bir qolipdagi qarorlardan butunlay voz kechish, ehtimol tutilgan harbiy harakatlar teatri hamda yaqin va uzoq yon-atrofimizda shiddat bilan oʻzgarib borayotgan vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tajriba va yutuqlarini amaliy jihatdan puxta oʻzlashtirishga asoslanganini taʼkidlash lozim.
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi boʻlgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oʻz muqaddas harbiy burchini bajarish yoʻlida qatʼiy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega boʻlgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni koʻramiz va ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Mamlakatimiz tinchliksevar siyosat olib borish, harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalarga qoʻshilmaslik, oʻz hududida xorijiy harbiy baza va obektlarni joylashtirmaslik, yurtimizdan tashqarida boʻladigan tinchlikparvarlik operatsiyalarida qatnashmaslik boʻyicha oʻz pozitsiyasini aniq-ravshan belgilab oldi!”, - degan Islom Karimov.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval Oʻzbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga aʼzo edi. Aniqroq maʼlumot beradigan boʻlsak, KXSHTga 1992-yil 15-mayda Toshkentda asos solingan. Oʻshanda Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan. 1993-yil 9-sentyabrda Gruziya, 24-sentyabrda Ozarbayjon va 31-dekabrda Belarus shartnomani imzolagan. Shartnoma 1994-yil 20-apreldan kuchga kirgan.
U 5 yilga moʻljallangan boʻlib, uzaytirilishi koʻzda tutilgandi. 1999-yil 2-aprelda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari shartnomani yana besh yil muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi protokolni imzoladi, ammo Ozarboyjon, Gruziya va Oʻzbekiston shartnomani uzaytirishni istamadi va tashkilotdan chiqib ketdi. 2006-yil 16-avgustda Oʻzbekiston KXSHT tarkibiga qaytadan kirdi. 2012-yil 28-iyunda esa Toshkent KXSHTga aʼzoligini toʻxtatib turishini bildirdi.
KXSHT uchun asosiy muammo Armaniston va Ozarboyjon oʻrtasidagi Qorabogʻ urushida yuzaga keldi. Tashkilot mojaroni eʼtiborsiz qoldirgani Armaniston jamoatchiligi hafsalasini pir qildi, ular KXSHTning rasmiy ravishda Ozarboyjon hududi sifatida tan olingan Togʻli Qorabogʻda janglar boʻlib oʻtdi degan huquqiy dalillarini qabul qilmadi.
Ozarboyjon raketalari Armaniston hududiga tushganida, ushbu dalil armanlar uchun ayniqsa ishonarli emas edi. Nazariy jihatdan, tashkilot shartnomasining 4-moddasida belgilanishicha, aʼzolaridan birining xavfsizligi, barqarorligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tahdid soladigan qurolli hujum barcha aʼzo davlatlarga nisbatan tajovuz sifatida qabul qilinadi.
Ushbu moddadan iqtibos keltirgan holda, armanistonlik siyosatchilar bosh vazir Nikol Pashinyanni KXSHTga murojaat qilishga chaqirishdi, ammo u buni bajarmadi. Pashinyan faqatgina, 2021-yil bahorida, Ozarboyjon qoʻshinlari ikki mamlakat chegaralarini qayta demarkatsiya qilish uchun harakat boshlaganida KXSHTga yordam soʻrab murojaat qilgan.
Dushanbeda boʻlib oʻtgan vazirlar sammitida esa yordam soʻrovi rad etildi. Armaniston jamoatchiligi oʻz ittifoqchilarining munosabatini xiyonat qilishdan boshqa narsa emas deb baholadi. Uning barcha aʼzolari orasida Armaniston har doim KXSHTga eng katta umid bogʻlab kelgan, chunki u yerda urush xavfi juda yuqori. KXSHT nizomi shunchaki uning ikki aʼzo davlatlari oʻrtasida urush paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi.