So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Endilikda rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar ham ipoteka krediti olishi mumkin
Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash yuzasidan yangi farmon qabul qilindi.

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash yuzasidan yangi farmon qabul qilindi.
Bugun, 13-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi FARMON imzolandi.
Unga koʻra, jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish maqsadi nazarda tutilgan.
Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:
➖banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning toʻlov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi;
➖ banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni koʻproq toʻlagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega;
➖ subsidiyaga ajratilgan mablagʻlarni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin;
➖ Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi berildi;



