So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Activistʻga berilgan jazoda diniy adovatdan koʻra koʻproq shaxsiy adovat bor — Rasul Kusherbayev
Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev Activist loyihasi asoschisi Xojiakbar Nosirovga qoʻyilgan ayblov adolatsiz boʻlganini maʼlum qildi.
«Activist loyihasi asoschisi Xojiakbar Nosirov men kuzatib boradigan kam sonli blogerlardan biri. Kecha uning 15 sutkaga qamalganini eshitib, bu voqeaga doir barcha xabar va munosabatlarni kuzatdim. Va blogerga “koʻpirtirilgan” ayb qoʻyib, adolatsizlik qilingan, degan fikrga keldim.
Birinchidan, blogerning yogurtlar boʻyicha bildirgan fikri, yaʼni yogurtlar tarkibida karmin moddasi bor yoʻqligiga oydinlik kiritilmagan. Agar u aytgan yogurtlar tarkibida shunday modda boʻlib, bu Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar uchun isteʼmolda mumkin emas boʻlsa, bloger haqiqatni aytgan boʻlib chiqadi.
Ikkinchidan, biror bir mahsulot tarkibida musulmonlar uchun halol yoki harom modda bor yoki yoʻqligi haqida maʼlumot berganlik, gapirganlik qachondan beri diniy adovatni uygʻotadigan boʻlib qoldi?
Qator kolbasa va boshqa oziq ovqatlar haqida halol soʻzini ishlatib reklama tarqatganlar unda nima uchun shu vaqtgacha javobgar boʻlishmagan?
Uchinchidan, blogerning aynan qaysi gap yoki harakati jamiyatda diniy adovat uygʻotgani tegishli mutaxassis va ekspertlar tomonidan tasdiqlandimi? Bunga oydinlik kiritilmagan.
Toʻrtinchidan, blogerning yogurt haqidagi fikri ishlab chiqaruvchiga zarar yetkazgan, deb hisoblagan taqdirda kompaniyalar blogerni sudga berishi mumkin. Bu jarayonga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bir tomonning yonini olib aralashishi kerakmas.
Beshinchidan, “IIB xodimiga boʻysunmaslik”, degan modda istagan odamni ichkariga olib kirish uchun ishlatiladigan ayrim orsizlarning “dejurniy statyasi”ga aylanib qolgani uchun, bu modda “straxovka” uchun qoʻyilgan, degan fikr tugʻilmoqda. Agar diniy adovat moddasi sinsa, ushbu modda zaxirada turushi uchun.
Yuqoridagilarga koʻra, Activist loyihasi asoschisiga berilgan jazoda diniy adovatdan koʻra koʻproq shaxsiy adovat borga oʻxshaydi» – deb yozdi sobiq deputat.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir