So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
SSV Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan qoʻshimcha tafsilotlarni eʼlon qildi
Joriy yilning 5 mart kuni vafot etgan “Mittivine” guruhi asoschisi Farhod Mannopov operatsiya qilingan klinikadagi shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan. Bu haqda SSV blogerning o‘limi yuzasidan “Star Med Center” klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarida ma’lum qilmoqda.
Tekshirishda aniqlanishicha, bemor F.Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishda bir qator litsenziya talab va shartlari buzilgan.
Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan “Star Med Center” klinikasida bemorga anestiziolog va reanimatolog sifatida xizmat ko‘rsatgan shifokor J.Q.da malakaviy toifa bo‘lmagan. Anestiziolog va reanimatolog shifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovchi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.
Vazirlikka ko‘ra esa tibbiy faoliyat litsenziyasi talab va shartlariga vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot va malakaviy toifa hamda malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat mavjud bo‘lishi shart. Bundan tashqari, Farhod Mannopovning plastik jarroh shifokori ham yetarli tajribaga ega bo'lmagan.
Shuningdek, plastik jarroh shifokori E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolash ishi, umumiy amaliyot shifokori yo‘nalishini 2019 yil 17 iyunda tugatgan.
“U bemor Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan. Lekin “Omad plyus” MCHJ tomonidan plastik jarroh shifokori E.A.da malakaviy toifasi bo‘lmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilgan», – deyiladi SSV ma’lumotida.
Bundan tashqari, bosh va burun sohasidan jiddiy jarohat olgan blogerga tibbiy xizmat ko‘rsatgan laborant shifokor J.Sh. hamda ultratovush tekshiruvlari shifokori R.S.ning o‘zlari faoliyat yuritayotgan tibbiy ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy toifalarini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlar tekshiruvda taqdim etilmagan.a