So`ngi yangiliklar
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ qoladi…
“Vaʼda boshqa, amal boshqa. Mamlakatda jurnalistika, blogosfera butkul oʻlimtik ahvolga keltirildi” – Ilyos Safarov
Vijdon erkinligi...
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Yangi Oʻzbekiston yulduzlari: Kimlar eng yaxshi boʻldi?
“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi Oʻzbekistonda uchinchi marotaba oʻtkazildi.
.jpg)
31-yanvar kuni Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli bir guruh ijodkorlar “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.
“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlash marosimi har yilgidan koʻra, bu yil oʻzgacha ruh va formatda oʻtkazilganligi bilan ajralib turdi. Mukofotga teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilib, 20 nafari taqdirlandi.
Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi PQ-594-son qarori) talablaridan kelib chiqqan holda, madaniyat va sanʼat sohasidagi ijodkorlarni yil yakuni boʻyicha ijodiy faoliyatida erishgan yutuqlaridan kelib chiqqan holda nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.
Quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yoʻnalishi – Yilning eng yaxshi spektakli, Yilning eng yaxshi badiiy filmi, Yilning eng yaxshi qoʻgʻirchoq spektakli, Yilning eng yaxshi teatr aktyori, Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi, Yilning eng yaxshi teatr rejissyori, Yilning eng yaxshi qiziqchisi, Yilning eng yaxshi sirk artisti.
“Estrada va anʼanaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati” yoʻnalishi – Yilning eng yaxshi anʼanaviy erkak xonandasi, Yilning eng yaxshi anʼanaviy ayol xonandasi, Yilning eng yaxshi opera ijrochisi, Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi, Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi, Yilning eng yaxshi orkestri, Yilning eng yaxshi raqqosasi, Yilning eng yaxshi sozandasi.
“Tasviriy va amaliy sanʼat” yoʻnalishi – Aholiga xizmat qilgan yilning eng yaxshi kutubxonasi, Yilning eng yaxshi adibi (shoiri), Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi, Yilning eng yaxshi media loyihasi.
Mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar madaniyat vazirining buyrugʻi asosida mukofotning maxsus statuyetkasi hamda sertifikati, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirildi.



