So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
Ushbu holat yuzasidan xonanda Botir Qodirovga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz orasida “Abdussamiy” taxallusi bilan bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Qizgʻanaman”, “Soʻnggi nafasgacha”, “Sogʻindim yomon” hamda “Dildora” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilganligi aniqlangan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, xonandaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida, yaʼni 3 million soʻm jarima jazosi tayinlangan.
Maʼlumot uchun, avvalroq shoir “Shamsiddin Sadoiy”ning Adliya vazirligiga qilgan murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla doʻstim” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilganligi aniqlangan hamda Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, yaʼni 1 million 875 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgandi.
“Hurmatli ijod vakillari, mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining «1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz», deyiladi Intellektual mulk departamenti xabarida.



