So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Isroilga boykot eʼlon qilgan Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti bekor qilindi
Bunga xonanda Isroilni qoralab, yahudiy mahsulotlarini boykot qilishga chaqirishi sabab boʻlgani aytilmoqda.

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning AQSHning Nyu-York shtatida 14-sentyabr kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan anʼanaviy konserti Amerikadagi yahudiy diasporasining noroziligi ortidan bekor qilindi. Bu haqda AQSHdagi oʻzbek jurnalisti Sanʼat Sharipov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Yulduz Usmonovaning “Besh yulduz Entertainment” MCHJ tomonidan tashkillashtirilgan Nyu-Yorkdagi konserti 14-sentyabrga belgilangan edi. Lekin uning yaqinda Isroilni qoralab qilgan chiqishi va yahudiy mahsulotlarini boykot qilishga chaqirishi Buxoro yahudiylarining noroziligiga sabab boʻlib, ularning saʼy-harakatlari bilan konsert bekor qilingan. The Oceana Theater saytida sotuvga chiqarilgan chiptalar oʻchirilgan.
«Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti 14 sentyabrga belgilangan edi. Lekin uning yaqinda Isroilni qoralab qilgan chiqishi, Buxoro yahudlarining noroziligiga sabab boʻlib, ularning saʼy-harakatlari bilan konsert bekor qilindi. Endi faqat 1 ta konsert, u ham boʻlsa, Ohayoda boʻladi», deydi Sharipov.
Endilikda faqat 1 ta konsert, u ham boʻlsa, oʻzbek diasporasi uncha koʻp boʻlmagan Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahrida boʻladi. 2009-yildan beri Star Entertainment tashkiloti koʻmagida Nyu-Yorkda konsert oʻtkazib kelgan Usmonovaning oʻzi tadbir bekor qilinganini tasdiqlagan boʻlsa-da, buning sababini ochiqlashni istamagan.



