So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Yulduz Usmonovaning qoʻshigʻini kuylagan xonanda jarimaga tortildi
Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Nihol mukofoti sovrindori Guljahon Xolxoʻjayeva qoʻshiq kuylashda muallif ruxsatini olmagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Qayd etilishicha, Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalq orasida “Salomiy” taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomovga tegishli boʻlgan “Senmiding” nomli sheʼr muallifning ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora koʻrilishini soʻrab qilingan murojaat vazirlik tomonidan oʻrganib chiqilgan.
Oʻrganish mobaynida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Senmiding” nomli qoʻshiq sheʼri xonanda Guljahon Xolxoʻjayeva tomonidan muallifning ruxsatisiz foydalangani aniqlanib, holat yuzasidan unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va tegishli sudga yuborildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining qaroriga koʻra, xonandaga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish)ning 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
Maʼlumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishga haqli hisoblanadi.