So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
“Oʻzbekkonsert”dan 621 nafar talaba va 65 nafar imkoniyati cheklangan ijodkor imtiyozli litsenziya olgan
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan talabalarga, nafaqa yoshidagi ijodkorlarga va imkoniyati cheklangan shaxslarga imtiyozli ravishda litsenziyalar berib kelinyapti.
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun 621 nafar talabaga, 18 nafar nafaqa yoshidagi ijodkorlarga va 65 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli ravishda litsenziya berilgan.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PF-168-son Farmonining 2-bandiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan shaxslar, taʼlim muassasalarida oʻqiydigan talabalar (oʻqish muddati davomida) davlat bojini toʻlashdan ozod etilishi belgilangan.
Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya boʻyicha undiriladi. Bunda ijodiy jamoa uning barcha aʼzolari davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.