So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Tashqi siyosatda chuqur oʻylangan va pragmatik siyosat olib borildi” — Tanzila Narbayeva
Bugun, 6-aprel kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz toʻqqizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.
Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
«Tashqi siyosatda milliy manfaatlarga asoslangan, chuqur oʻylangan va pragmatik siyosat olib borildi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida doʻstona qoʻshnichilik va yaqin hamkorlik darajasini yangi pogʻonaga olib chiqdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi va saʼy-harakati bilan qoʻshni mamlakatlar bilan chegaraviy masalalar samarali tarzda hal qilindi, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Xalq diplomatiyasining rivojlanishi, Oʻzbekiston xalqi boshqa xalqlar bilan tinch-totuv, doʻstona, xavfsiz sharoitda yashashi, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, qoʻshni davlatlarga emin-erkin borib-kelishi, qon-qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashi, mamlakat investitsiya muhiti yaxshilanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Eng muhimi, Oʻzbekiston oʻz xalqi farovonligi yoʻlida bundan keyin ham faqat va faqat milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik va koʻp vektorli tashqi siyosatni olib boradi», - deydi Narbayeva.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir