So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Elbek Rahimov oʻlimida dalillar soxtalashtirilgan
Qarshida 2021-yilning avgust oyida sportchi Elbek Rahimov oʻldirilgan edi. Ushbu jinoyat ishi boʻyicha bugun Qarshi shahrida sud muhokamasi boshlandi. Sudga Qashqadaryo viloyati sudining jinoyat sudlov hayʼati sudyasi Fozil Yusupov raislik qilmoqda, deya Nasafnews xabar bermoqda.
Taqdim etilgan dastlabki maʼlumotga koʻra, mazkur ish doirasida pora olish, pora berish va jinoyatni hisobga olishni qasddan yashirish, dalillarni soxtalashtirish kabi holatlar tergov jarayonida aniqlangan. Dastlabki tergov jarayoni yakuniga yetgan. Ammo oldinda sud tergov jarayonlari davom etadi.
Maʼlumot uchun. Elbek Rahimovning oʻlimida 26 nafar shaxs gumonlanib, ularning ustidan sud jarayoni olib boriladi.