Qidirish

17:25 / 2023-04-01 438 0 Sport

Muxlislarga tosh uloqtirgan futbolchiga chora ko’rildi

O’FA soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlarni koʻrib chiqdi.

world-news

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

 

“Metallurg” — “Neftchi”

Oʻzbekiston Superligasining ilk turidan oʻrin olgan “Metallurg” hamda “Neftchi” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Vladislav Kasminin oyogʻining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vladislav Kasmininga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Surxon” — “Andijon”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Andijon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+9 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rubin Xebay bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rubin Xebayga (“Andijon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Navbahor lochinlari” — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Metallurg” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 73-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan raqib futbolchisi Ibrohim Ibragimovga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan (bu harakati uchun S.Babayan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan). Bunga javoban Ibrohimov uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ibrohim Ibragimovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima, Samvel Babayanga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan esa jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Soʻgʻdiyona” — “Olimpik”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Olimpik” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 26-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Jaloliddinov raqib futbolchisining oyoq qismiga toʻpsiz vaziyatda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Jaloliddinovga (“Olimpik”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Metallurg” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Superligasining 3-turidan oʻrin olgan “Metallurg” — “Qizilqum” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 42 daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Nikolay Tarasov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nikolay Tarasovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Paxtakor” — “Navbahor ”

Superliganing 3-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomon turli buyumlar uloqtirilgan. “Paxtakor” futbolchisi Shahzod Azmiddinov esa raqib muxlislariga javoban ular tomon tosh uloqtirgan.

Shuningdek, uchrashuvning 78-daqiqasida mehmonlar vakili Davron Xoshimov raqib futbolchisi boshining orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shahzod Azmiddinovga (“Paxtakor”) nisbatan jarima intizom chorasi, Davron Xoshimovga nisbatan esa 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Muxlislar xatti-harakati uchun “Navbahor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Izohlar 0

Fikr bildirish