So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Oq uy AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi
AQSH rasmiylari Rossiyada AQSH fuqarolarining borligidan xavotirda, dedi Oq uy vakili. Shuningdek Davlat departamenti, hibsga olish xavfi tufayli amerikaliklarni Rossiyaga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi.
AQSH maʼmuriyati Rossiyada The Wall Street Journal (WSJ) muxbiri Evan Gershkovich hibsga olinganidan soʻng AQSH fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi.
30-mart, payshanba kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi Amerika fuqarolarining Rossiyada qolishi xavfli ekanligini maʼlum qildi.
Kirbining soʻzlariga koʻra, Gershkovichning hibsga olinishi va unga qarshi ayblovlar qoʻyilgani kutilmagan voqea boʻlgan.
“Hech qanday oldindan ogohlantirishsiz jurnalist qoʻlga olindi va unga nisbatan jiddiy choralar qoʻllanildi. Ayni paytda AQSH fuqarolarining hibsga olinishi yoki erkin va mustaqil matbuotning bostirilishi Rossiyada yangilik emas”, — deydi Jon Kirbi.
Oq uy bayonotida aytilishicha, Amerika fuqarolarining Rossiya rasmiylari tomonidan taʼqib qilinishi mumkin emas.
“Biz Evan Gershkovichning hibsga olinishini keskin qoralaymiz”, — dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Gershkovichning hibsga olinishini Rossiyada ommaviy axborot vositalariga qarshi repressiyalar bilan bogʻladi.
“Biz Kremlning jurnalistlar va fuqarolik jamiyatini qoʻrqitish, repressiya qilish va jazolash boʻyicha davom etayotgan urinishlarini keskin qoralaymiz”, — dedi u.
Davlat departamenti, Rossiyada yashovchi yoki u orqali sayohat qilayotgan amerikaliklarga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirigʻini eslatdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir