So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlar pasayishda davom etmoqda — PMTI
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Toshkent shahrida mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlarining oʻzgarishini tahlil qildi.
Tahlil natijalariga koʻra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Maʼlumki, oʻtgan yiil xonadonlar uchun ijara narxlari oʻsa boshlangan va oktyabr oyiga kelib, oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, soʻngra pasaya boshlagandi.
OLX.uz maʼlumotlar bazasiga koʻra, oʻshanda shahar boʻyicha oʻrtacha taʼmirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSH dollariga chiqqandi. Joriy yilning mart oyida ijara uchun oʻrtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2% pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan.
Oʻrtacha taʼmirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 411 dollarni tashkil etgan.
3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 480 AQSH dollarini tashkil etgan.
Taʼmirlangan 1 xonali uy uchun oʻrtacha ijara narxi 320 dollarni, 4 xonali uy uchun 600 dollarni, 5 xonali uy uchun 660 dollarni tashkil etgan.
Izoh: Ushbu tahlil uchun maʼlumotlar _www.olx.uz saytidan veb-skreping (web-scraping) usuli yordamida olingan. 2023-yil mart oyi uchun toʻplangan 30,5 mingta kuzatuvlar oʻrganildi.