So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
«Har bir oila hayotida o‘zgarish qilsa, kambag‘allik ham, ishsizlik ham bo‘lmaydi» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ekinlar rivojini ko‘zdan kechirdi, g‘alla va g‘o‘zaning navi, hosildorligi bilan qiziqdi.
“Nima uchun qishloq xo‘jaligida ilm, innovasiya kerak, deyapmiz? Avvalo sifat va hosildorlik uchun. Yuqori daromad olishni xohlagan fermer ilm bilan mehnat unumdorligini oshirishga harakat qilishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholi vakillariga yer berilmoqda. “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida ham ijtimoiy daftarlarga kiritilgan 34 nafar fuqaroga 20-25 sotixdan yer ajratilgan.
Ular ko‘kat, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqp ekinlar ekib, yaxshi daromad olgan. Joriy yilda ham qo‘shimcha 18 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun 30 sotixdan yer maydonlari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Prezident shunday yer egalari bilan suhbatlashdi.
“Aholiga yer berilib, urug‘, o‘g‘it masalalarida ham yordamlashilmoqda. Faqat mehnat qilish qolyapti. Agar har bir oila o‘zi harakat qilib, hayotida o‘zgarish qilsa, kambag‘allik ham, ishsizlik ham bo‘lmaydi”, - dedi davlatimiz rahbari.
Surxondaryo iqlimida 3 martagacha hosil olish mumkinligi, aholiga ko‘maklashib, daromad manbai yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Xo‘jalikning yer maydoni 45 gektar. Joriy yilda g‘alladan 70, paxtadan 40 syentnerdan hosil yetishtirish mo‘ljallamoqda. 35 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan.