So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar tarixiy natijaga erishdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Xalqaro xokkiy federatsiyasi panohida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda.
18 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘ratasida o‘tkazilayotgan Osiyo va Okeaniya chempionati Mongoliya poytaxtida Ulan-Batorda o‘tkazilmoqda. Yosh xokkeychilar bugun o‘zlarini birinchi uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Ularning raqiblari Turkmaniston terma jamoasi bo‘lib, ushbu komanda ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, ilk tarixiy yutuqqa erishdi.
Endilikda U18 terma jamoasi Tailand, Mongoliya, Birlashgan Arab Amirliklari va Eron terma jamoalari kabi raqiblar bilan bellashadi.
«Yigitlarimiz cheksiz hursand. Ular tarixga birinchilar bo‘lib kirishadi. Xokkeychilarimiz, ularning ota-onalari, murabbiylari va Xokkey federatsiyasi uchun bu katta va mashaqqatli mehnat natijasidir. Bunday musobaqalarda ishtirok etish yigitlarimiz uchun – katta tajriba va shuning o‘zida ham jiddiy sinovdir. Bu esa, o‘z navbatida, professional mahoratlari o‘sishi uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi» – deydi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi prezidenti Bahtiyor Fozilov.