So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Qoʻmitalariga vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga (OFK Ijroiya Qoʻmitasi vakili, OʻFA birinchi vitse-prezidenti) Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlandi.
Ravshan Ermatov — 1977-yil 9-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995-1999-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)da tahsil olgan.
Ravshan Ermatov oʻzining mehnat faoliyatini Respublika oliy sport futbol maktabida murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik “Chigʻatoy” futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi xalqaro markazi murabbiyi, 2004-2010-yillarda esa futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, 2010-yildan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Ravshan Sayfiddinovichning mamlakat futboli rivoji yoʻlidagi ulkan xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan holda 2010-yilda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015-yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.