So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Samarqandda BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada oʻtkazishga doir qaror qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi 2023-yil 16–20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.
“2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining «2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorda tadbirni yuqori darajada oʻtkazish uchun kerakli chora-tadbirlar koʻrsatilgan.
Xususan, Bosh assambleya doirasidagi tadbirlarda qatnashadigan chet ellik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy maʼlumotlarga ega maxsus qoʻllanma ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Qolaversa, qarorda “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazi va madaniy meros obyektlari, turizm, ekoturizm infratuzilmasi hamda xalqimizning hayotini aks ettiruvchi foto va videomateriallar, “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” va boshqa mavzulardagi targʻibot materiallarini tayyorlash hamda keng tarqatish koʻzda tutilgan.
Sessiyada yurtimizning qadimiy shaharlaridan biri – Shahrisabz shahri “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2021-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning yubiley 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritgandi.