So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Alisher Sultonovning kuni bitdimi?
oriy yilning 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan energetika vaziri Alisher Sultonov salomatligi tufayli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan edi.
Lekin negadir oradan 20 kun oʻtib ham Energetika vazirligi rahbarsiz qolmoqda, bu holat esa Yangi Oʻzbekiston tarixida kamdan-kam kuzatiladigan holatlardan biri. 20 kun boshliqsiz ishlayotgan vazirlik!
Prezident matbuot xizmati xabarida Alisher Sultonovning boshqa ishga oʻtishi deya aytilgan boʻlsa ham shuncha kun oʻtib, uning na boshqa ishga oʻtgani yoki vazirlikka yangi vazir tayinlangani toʻgʻrisida jamoatchilikka hech qanday maʼlumot berilmayapti.
Yodingizda boʻlsa, 2019-yil Oʻzbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini oʻrnatuvchi yangi vakolatli organ — energetika vazirligi tashkil etiladi. Shu yilning fevralida vazirlikka Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Alisher Sultonov rahbar etib tayinlanadi.
Tayinlovga qadar Alisher Sultonov boshlab 2017-yilning 1-noyabridan boshlab Bosh vazir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Energetika vazirligi tashkil topganiga 3 yildan ortiq muddat oʻtibdiki, vazirlikda Alisher Sultonovdan boshqa hech kim rahbar lavozimida faoliyat yuritmadi.
Uning goʻyoki birdan sogʻligʻi yomonlashganiga 25-yanvar kunda sodir boʻlgan “blekaut” sabab boʻlishi mumkinmi? Buning ehtimoli katta, har holda 35 million aholi yashaydigan Oʻzbekiston va uning qoʻshni davlatlari hududlarining kutilmaganda elektr energiyadan uzib qoʻyilishi, nafaqat vazirning ishdan olinishi balki unga nisbatan turli alfozdagi ish ochilishiga ham olib kelishi mumkin.
Yana bir bor eslataman, 25-yanvardagi “blekaut”da Oʻzbekiston tomoni Qozogʻiston Respubliksi elektr tarmogʻida katta avariyani sabab qilib koʻrsatgan edi.
Ammo Qozogʻistonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi blekautga Oʻzbekistonda yuz bergan hodisa sabab boʻlganini maʼlum qilgan. Qozogʻiston tomonining bildirishicha, hodisaga qisqa tutashuv sabab boʻlgan, natijada Sirdaryo IESdagi oltita energoblok birdaniga oʻchirilgan.
Oʻzbekiston Energetika vazirligi oʻshanda Qozogʻiston Respublikasi Elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olmaota, Chimkent, Taroz, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelgani toʻgʻrisida bayonot bergan.
“Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastota keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESida avariya himoya vositalari ishlab ketib, bu ikkala stansiya ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ammo vazirlikning bu bayonoti yakunda tasdigʻini topmadi. Demak, Vazirlikning yolgʻon bayonoti ortidan vaqt oʻtib, vazirning “mazasi qochgan” yoki “qochirilgan”. “Kim qoʻyibdi oddiy bir vazirlikka aybni barchasini qudratli Qozogʻistonga agʻdarishga”, deydigan odam Hukumatda topilgan koʻrinadi Sultonov boshqa ishga oʻtishi kerak boʻlib qoldi.
Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tezkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti topshirigʻiga binoan voqea sabablarini oʻrganish boʻyicha Bosh vazir boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya ishining natijalariga koʻra maʼlumotlar rasman eʼlon qilinishi aytilgan.
Biroq komissiya ishi vazirni ishdan olish bilan cheklangan koʻrinadi, boshqa natijalar boʻyicha “uzkiy krug”dan boshqa hech kimga hech narsa oshkor qilinmadi, qilinmaydi ham.
Xullas, Qozogʻiston tomonining yanvar oyidagi “blekaut” sababi boʻyicha bergan maʼlumotida Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energiyasining ommaviy ravishda uzilishiga Oʻzbekiston energetika tizimidagi nosozlik sabab boʻlgani inkorsiz ravishda aytilgan.
Qozogʻiston energiya tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi (KEGOC) tarqatgan xabarda avariya sabablarini oʻrganish boʻyicha komissiya tomonidan shunday xulosaga kelingani tilga olinadi.
“Komissiya avariyaga Oʻzbekiston elektr taʼminotida yuz bergan uzilish sabab boʻlganini aniqladi – “shu kuni soat 10:59 da Sirdaryo IES va 500 kV “Toshkent” nimstansiyasini (Oʻzbekiston) bogʻlovchi yuqori voltli havo elektr uzatish liniyasining 500 kV elektr tarmogʻi chiziqli ajratkichida qisqa tutashuv sodir boʻlgan. Keyinchalik 1- va 2- 500 kV shina tizimlari differensial himoyasining haddan tashqari koʻp ishlashi Sirdaryo IESda ishlab chiqarishning sezilarli darajada qisqarishiga, stansiyaga tutash elektr tarmogʻida bir necha marta uzilishlarga va shimolda 2100 MVt quvvatga koʻtarilishiga olib kelgani aytiladi”, deyiladi komissiya xulosasida.
Qayd etilishicha, KEGOC AJ elektr tarmoqlari va Qozogʻiston janubidagi elektr stansiyalarining avariya avtomatlari tizimdagi avariya holatida energiya tizimini ajratish talablarini inobatga olgan holda normal rejimda ishlagan. Buning oqibatida Qozogʻiston janubiy zonasidagi isteʼmolchilarning toʻliq oʻchirilishi oldi olingan, mamlakat janubidagi isteʼmolchilarning qariyb 60 foizi elektr energiyasi bilan taʼminlangan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati rahbari Muhammad Bekmuhammedovning Kun.uzʻga bergan axborotida Oʻzbekiston tomonining hukumat komissiyasi xulosasi hozircha eʼlon qilinmaganligini aytgan.
“Bu Qozogʻiston tomonining pozitsiyasi hisoblanadi”, degan Bekmuhammedov.
Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova bu boʻyicha hozircha maʼlumot berilmasligini bildirgan. Bu ham yetmagandek vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Alisher Sultonovning ishdan olingani toʻgʻrisidagi xabar ham eʼlon qilinmagan.
Qozogʻiston 28-yanvar kuni blekaut Sirdaryo IES tufayli roʻy berganini bildirgandi, Oʻzbekiston esa oʻrganish natijalarini kutishga chaqirgan.
Chunki 25-yanvardagi yalpi elektr uzilishlardan oldin ham, Qozogʻistonda energetika muvozanatini saqlab turish bilan bogʻliq “tarang vaziyat” hukm surgan. Mamlakatning bosh energooperatori shu sababli toʻrt kun oldin kriptomaynerlarni ogohlantirib, ular bir haftaga elektr tarmogʻidan butkul uzilishini maʼlum qilgan.
Tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda katta avariya sodir boʻlishi mumkinligi haqida axborotlar boʻlgan, biroq hukumat ushbu muammolar haqida tegishli tomonlar (Oʻzbekiston va Qirgʻizistonni) ogohlantirmagan. Baʼzi mutaxassislar ham Qozogʻistonda energetika infratuzilmasini rivojlantirish va bugungi kundagi standartlarga moslashtirish uchun yetarlicha eʼtibor qaratilmaganini taʼkidlagan.
Shunga koʻra Energetika vazirligi Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastota keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESida avariya himoya vositalari ishlab ketib, bu ikkala stansiya ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelganini maʼlum qilgandi.
Aslida nima boʻlgan?
Avvalo Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo yagona birlashgan energiya tizimi boʻlganini tushunib olish zarur. Avval bu tizimga Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistonning janubiy qismi kirgan. Qozogʻiston shimoli Rossiya SSR energiya tizimida boʻlgan va Ural hamda Sibir Rossiya energotizimlari bilan sinxron ravishda ishlagan. Qozogʻiston shimoli va janubida elektr energiyasi masalalari 1991-yilda mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin muammoga aylangan. “Shimol—Janub” liniyasini qurishga toʻgʻri keldi va u ikkiga boʻlingan mamlakat energiya tizimlarini birlashtirdi. Mamlakat shimolida uch asosiy generator quvvat – uch gidrolelektrostansiya joylashgan.
SSSR parchalanganidan keyin Toshkentda yagona dispetcherlik markaziga ega Markaziy Osiyo energiya tizimi ham yoʻq boʻldi. Ammo 2018-yildan keyin Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ixcham birlashgan energiya tizimiga qaytishga qaror qildi. Energiya halqasi uchun infratuzilma hanuzgacha saqlanib turgandi. Birlashgan energiya tizimlari iqtisodiy nuqtayi nazardan barcha tomonlarga foyda keltiradi, bir mamlakatlardagi uzilishlar boshqa tomonning profitsitlari hisobiga qoplanadi.
Bu kabi energetik birlashuvlar talay topiladi. Yevropa ittifoqida ham shunday energiya tizimi mavjud — Sovet ittifoqi davridan beri BRELL, yaʼni Belarus, Rossiya, Estoniya, Litva hamda Latviya tizimi va jahonda yana boshqa elektr tizimi birlashmalari bor.
Bunda odatiy vaziyatda uch mamlakatning yagona boshqaruv markazi boʻlganida hodisani prognoz qilish osonroq kechardi, deydi “Vzglyad.ru” eksperti. Uning soʻzlariga koʻra, shunday qilinganda avariya sodir boʻlgan taqdirda ham uning taʼsiri muayyan elektr liniyasidagi kam sonli isteʼmolchilarga sezilardi, boshqa energetik liniyalarning oʻchishi, katta elektr tanqisligining oldi olinardi.
Ekspertning tushuntirishicha, agar bir mamlakatning elektr energiyasida talab oshib ketsa, tizimda kuchli yuklama va avariyalarning oldini olish uchun davlat oʻz rezervlaridan foydalanishi kerak (Oʻzbekistonda ular mavjud va shunday qilingan). Zaxira muqobil manbalari boʻlmagan taqdirda (Qirgʻizistonda shunda boʻlishi mumkin), isteʼmolchilarning muayyan qismi uchun elektr taʼminotini vaqtincha oʻchirish lozim.
Yana bir muhim masala – nima uchun Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda elektr energiyasi isteʼmolining bu qadar pastlab ketgani? Taxminlardan birida elektr taʼminotidagi katta uzilish yuz berishiga maynerlar sababchi ekani aytilgan.
Qozogʻistonda katta avariya sodir boʻlishi mumkinligi haqida axborotlar boʻlgan, biroq hukumat ushbu muammolar haqida tegishli tomonlar (Oʻzbekiston va Qirgʻizistonni) ogohlantirmagan.
“Ushbu taxminga koʻra, Qozogʻistonda energetika infratuzilmasini rivojlantirish va bugungi kundagi standartlarga moslashtirish uchun yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Xitoyda mayning fermalari faoliyati taqiqlanganidan keyin maynerlar Qozogʻistonga kirib kelgan, elektr energiyasiga talab oshgan, tarmoq esa sifat talablariga javob bermagan”, deydi Rossiya milliy energetika xavfsizligi fondi va Moliya universiteti eksperti Stanislav Mitraxovich.
Avariyadan keyin Qozogʻistonning KEGOC operatori kriptovalyutalar mayningi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarning elektr tarmoqlarini oʻchirishga qaror qildi. KEGOC kompaniyalarga oʻchirilish yuz berishi haqida ogohlantirish xatlari ham chiqargan.
Operator ularni avariyada ayblamagan, lekin ushbu qarorni energetikadagi vaziyat ogʻirlashgani bilan izohlagan.
Markaziy Osiyodagi blekaut 40 milliondan ziyod aholiga taʼsir koʻrsatdi
“Yuksalish” umummilliy harakati energetika tarixida yuz bergan yirik blekautlar haqidagi infografikani eʼlon qilgan. 25-yanvar kuni Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning alohida viloyatlarida Markaziy Osiyo yagona elektr tarmogʻida yirik avariya yuz berishi natijasida bir necha soat mobaynida elektr taʼminotida uzilish holati kuzatildi. Hodisa uch mamlakatning 40 milliondan ziyod aholisiga taʼsir koʻrsatdi.
Blekaut tarixda qoldi, navbatdagi vazir kim?
Nima uchun bu maqola dunyoga kelganini biroz tushungan boʻlishingiz mumkin. Hukumat vakillari navbatdagi Energetika vaziri kim boʻlishi haqida bosh qotirayotgan boʻlishlari mumkin. Bu mavzu albatta, kun tartibiga kiritilgan. Biroq, eng koʻp tanqid qilinadigan vazirlikka munosib nomzod hozircha topilmayapti.
Qisqa qilib aytganda hozircha “kallasini kundaga qoʻyadigan” erkak qidirilmoqda. Vazirlikka yangi vazirning balki keragi ham yoʻqdir, chunki asosiy richagni tortishda vazirning imzosi boʻlmasa, bunday rahbar nima uchun jamiyatga kerak boʻladi. Nega undaylarga manaman degan oylik berilishi yoki chillaqursin Alisher Usmonov kabi sharoitlar yaratilishi kerak?
Shuni ham unutmaslik kerakki, Sultonov 2018-yil sogʻligidagi muammolar sabab Germaniyada operatsiya qilingan edi. Lekin aytish mumkinki Sultonov osmonida hozirda qora bulutlar jala boʻlib, yogʻmogʻda. Har ikki holatda ham, sobiq vazir baribir zarar koʻradi, sogʻliq yoki ish. Ikkisini birdaniga stabil olib yurish uchun, odamda katta yurak boʻlishi lozim.
Qish kelishi bilan “svet” oʻchishi, gaz quyish shoxobchalarida esa koʻz koʻrib quloq eshitmaydigan navbatlar boshlanadi. Bularning bariga deyarli koʻnikib ham qoldik, yangisi kelib, nimadir oʻzgarmaydigan boʻlsa, menimcha vazirlikka 20 kun emas 20 yil ham vazir tayinlashning foydasi yoʻq.
Qachonki, Xalq vakillari hokimlar-u, vazirlarni mustaqil saylamas ekan, har 3 kunda bitta vazirlik ochilib, bitta vazirlik yopilaveradi. Kun oralab vazirlar isteʼfoga ravona boʻlaveradi. Yangi Oʻzbekistonga esa yangi vazirliklar bir yaxshi yarashaveradi.
Alisher Sultonov kim boʻlgan?
1967-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1989-yilda A. F. Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan . 1996−1998-yillarda “Oʻzneftqaytaishlash” kompaniyasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
1998−1999-yillarda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002-yillarda “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi Shoʻrtan qurilishi boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2002−2013-yillarda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” unitar shuʼba korxonasiga rahbarlik qilgan.
Alisher Sultonov 2013−2015-yillarda “Oʻzbekneftgaz” raisi oʻrinbosari boʻlgan, 2015-yil avgustidan 2018-yil sentyabriga qadar “Oʻzbekneftgaz”ga rahbarlik qilgan, 2017-yil noyabridan Bosh vazir oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2019-yil fevralida Oʻzbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini oʻrnatuvchi yangi vazirlik tashkil etilib, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka oʻtkazilgan, prezident Alisher Sultonovni yangi vazirlikning birinchi rahbari etib tayinlagandi.
Maʼlumot uchun, 2018-yil 20-avgustida, “Oʻzbekneftgaz” raisi va bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan Alisher Sultonov bosh vazir Abdulla Oripov bilan birga Bekoboddan Toshkentga qaytishda yoʻl-transport hodisasiga uchragandi. Oʻshanda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangan “Damas” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, kortejga urilgandi. Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, koʻkrak qafasi 7-10 qovurgʻalari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi qayd etilgan.
Akmal Eshonxonov