So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Superliga: “Neftchi” peshqadam, “Paxtakor” esa soʻngi oʻrinlarda!
Bugun, 10-mart kuni Superliganig 2-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Superliganig 2-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Olimpik” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu o'yin jangovor 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.
“Olimpik”ning ikki goli ham penaltidan kiritildi. Ularning dastlabkisiga Joʻraqoʻziyev, ikkinchisiga Odilov mualliflik qildi. Jizzaxliklarning bir goli Hasanov hisobiga, yana biri Yoʻldoshev (avtogol) nomiga yozildi.
Shu tariqa, “Olimpik” ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va jadvalda vaqtinchalik 1-oʻringa chiqib oldi. “Soʻgʻdiyona” hisobida 1 ochko mavjud boʻlib, “boʻrilar” 8-oʻringa koʻtarildi
Shuningdek, Superliganig 2-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuvda “Neftchi” “Paxtakor”ni qabul qildi. Mazkur bahs 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
“Yoʻlbarslar”ning ikki goliga Larin va Tabatadze mualliflik qildi. “Paxtakor”ning yagona golini burchak zarbasidan soʻng Tursunov kiritdi.
Shu tariqa, “Neftchi” ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va jadvalda 1-oʻringa chiqib oldi. “Paxtakor” hisobida hozircha ochko mavjud emas va klub oxirgi oʻrinlardan joy olgan.