So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“PATWA International Travel Awards”: Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada eng yaxshi vazirlik sifatida eʼtirof qilindi
Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” deya eʼtirof etildi.
Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan “ PATWA International Travel Awards 2023” yillik tadbirida Madaniyat va turizm vazirligi “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov qabul qilib olgan.
Taʼkidlash joizki, “PATWA” har yili dunyodagi eng yirik sayohat yarmarkasi hisoblangan “ITB Berlin” (“Internationale Tourismus-Börse Berlin”) doirasida “PATWA International Travel Awards” tadbirini tashkil qiladi. Tadbirda 7 mingdan ortiq jurnalist, eksponent va 180 mamlakatdan sayyohlik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, “PATWA International Travel Awards” mukofoti aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yoʻnalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat koʻrsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi. 7–9-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan “ITB Berlin” turizm koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi.