So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bavariya” PSJ yulduzlarini chempionlar ligasidan chiqarib yubordi
Shuningdek, “Milan” ham “Tottenxem”dan ustun kelib keyingi bosqichga yoʻl oldi
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvidan oʻrin olgan “Bavariya” — PSJ bahsi boʻlib oʻtdi. Mazkur bahsda myunxenliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab, 61-daqiqada Shupo-Moting hisobni ochgan boʻlsa, 89-daqiqada Gnabri farqni ikkitaga yetkazib qoʻydi.
Shu tariqa, Nagelsmann shogirdlari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega chiqdi, PSJ esa oʻz yurishini nimchorak finalning oʻzidayoq toʻxtatdi.
“Bavariya” – PSJ 2:0 (birinchi oʻyin 1:0)
Gollar: 1:0 – 61 Shupo-Moting, 2:0 – 89 Gnabri.
“Bavariya” – Zommer, Stanishich, Upamekano, de Liht, Goretska, Kimmix, Devis, Shupo-Moting (Sane, 68), Myuller (Joau Kanselu, 86), Koman (Gnabri, 86), Musiala (Mane, 82).
PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinyos (Mukiyele, 36; Bitshiabu, 46), Mendesh (Bernat, 82), Verratti, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 76), Vitinya (Ekitik, 81), Messi, Mbappe.
Shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob bahsidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv “Tottenxem” — “Milan” bahsi oʻz yakuniga yetdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Dastlabki uchrashuvda 1:0 hisobida zafar quchgan “rossonerilar” chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
“Tottenxem” – “Milan” 0:0 (birinchi oʻyin 0:1)
“Tottenxem” – Forster, Emerson (Risharlison, 70), Devis, Langle, Romero, Perishich (Porro, 53), Xeybyerg, Kulusevski, Skipp, Son Xyon Min, Keyn.
“Milan” – Menyan, Tomori, Tia, Kalulu, Ernandes, Bennaser, Krunich, Braim Dias, Tonali, Origi, Junior Messias (Salemakers, 56), Jiru, Rafael Leau.
Ogohlantirishlar: Romero (17), Langle (21).
Chetlatish: Romero (78).