So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Kursida oʻtirib namoz oʻqish mumkinmi? Musulmonlar idorasi yangi fatvo chiqardi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolar hayʼati bemor kishilarning kursiga oʻtirib namoz oʻqishi masalasida fiqhiy manbalarni atroflicha oʻrganib, bir qancha muhokamalardan keyin oʻzining navbatdagi fatvosini eʼlon qildi.
1. Qiyom (tik turish) namozning farzlaridan biridir. Kishi qancha muddat tik tura olsa, shuncha muddat tik turib namoz oʻqishi farzdir. Shariat eʼtiboriga molik boʻlgan uzr yoʻq boʻlsa, yerga yoki kursiga oʻtirib namoz oʻqish mutlaqo joiz emas.
Tik turganda qattiq ogʻriq paydo boʻlishi, kasallik kuchayib yoki choʻzilib ketishi kabi holatlargina oʻtirib namoz oʻqishni joiz qiladigan uzr hisoblanadi.
2. Tik tura olmaydigan, lekin oʻtirib ruku-sajda qila oladigan odamga namozda yerga oʻtirib ruku-sajda qilish farzdir. Bunday odam kursiga oʻtirib, ruku-sajdani imo-ishora bilan qilishi joiz emas.
3. Rukuʼ-sajdani oʻtirgan holda qila olmaydigan odamga namozni kursiga oʻtirib oʻqish, ruku-sajdani imo-ishora bilan qilish joizdir. Bunday odam sajda qilganda rukudan pastroq egiladi. Bu holatda yerga oʻtirib, imo-ishora qilish afzaldir.
4. Kursida namoz oʻqiydigan odam saflar tekisligiga putur yetkazmasligi, boshqalarning namoz oʻqishiga xalaqit bermasligi kerak. Kursida namoz oʻqiyotgan odam safga gavdasi bilan emas, oyoqlari bilan barobar turishi kerak.
Bunday holatda boshqa namozxonlarning namoz oʻqishiga tanglik hosil qilmaslik uchun masjidda kursida namoz oʻqiydiganlar uchun alohida saf tashkil qilish; yoki safning bir chetida ular uchun alohida joy ajratish kerak; kursilarning hajmi masjid va saflar orasidagi masofaga munosib boʻlishi kerak.
“Namoz – Islomning ruknlaridan biridir. Musulmon odam namozni mukammal ado etishga eʼtibor qaratishi kerak. Namozda qanchalik xushuʼ va xuzuʼ bilan oʻqilsa, shunchalik mukammal boʻladi. Shuning uchun kursida namoz oʻqigan holatda ham kursilar oddiy, suyanchiqsiz boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu aʼlam”, — deya eslatilgan xabarda.
Fatvo loyihasini Fatvo markazi yetakchi mutaxassisi Habibulloh domla Joʻraboyev tayyorladi.
Fatvo loyihasi bilan tanishib chiqib, rozilik bildirganlar:
1. Nuriddin domla Xoliqnazarov – Fatvo hayʼati raisi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy, Fatvo markazi direktori,
2. Homidjon domla Ishmatbekov – Fatvo hayʼati aʼzosi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari,
3. Jaloliddin domla Hamroqulov – Fatvo hayʼati aʼzosi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari,
4. Muhammad Ayubxon domla Homidov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi, Toshkent islom instituti katta oʻqituvchisi,
5. Soatmurod domla Primov – Toshkent islom instituti prorektori, dotsent,
6. Yahyo domla Razzoqov – Toshkent islom instituti katta oʻqituvchisi,
7. Farhod domla Joʻrayev – Toshkent islom instituti katta oʻqituvchisi,
8. Gʻulomiddin domla Xolboyev – Fatvo markazi direktor oʻrinbosari, Toshkent islom instituti oʻqituvchisi,
9. Hikmatulloh domla Toshtemirov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi,
10. Habibulloh domla Joʻraboyev – Fatvo markazi yetakchi mutaxassisi, Toshkent islom instituti katta oʻqituvchisi,
11. Abdugʻofur domla Niyozqulov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi.
12. Sayidahmad domla Saydaraliyev – Fatvo markazi yetakchi mutaxassisi,
13. Abdulatif domla Tursunov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi, Toshkent islom instituti oʻqituvchisi,
14. Otabek domla Mamadiyev – Fatvo markazi mutaxassisi,
15. Yorqinjon domla Jumaboyev – Fatvo markazi mutaxassisi,
16. Zikriyo domla Boborahimov – Fatvo markazi mutaxassisi,
17. Muhammadjon domla Ibragimov – Fatvo markazi mutaxassisi.