So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston xokkeychilari “Osiyo bolalari” oʻyinlaridan gʻalaba bilan qaytishdi
“Osiyo bolalari” II xalqaro qishki sport oʻyinlari dasturidan changʻi sporti, tezkor konkida uchish, figurali uchish, xokkey, changʻida sakrash, erkin uslub, snoubord, changʻi sporti va qor voleyboli joy olgan.
Soʻnggi uchrashuvda yosh xokkeychilar Qirgʻizistonlik raqiblari ustidan gʻalaba qozonishdi. Kemerovo viloyatning Novokuznetsk shahridagi “Kuzneskiy muz” muz saroyida boʻlib oʻtgan oʻyinda Oʻzbekistonlik yosh xokkeychilar yaxshi tayyorgarlikni namoyish etdi.
“Mamlakatda xokkey va ayniqsa bolalar xokkeyini rivojlantirishiga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotganini koʻrish quvonarli holat.
Xokkey nafaqat millionlab muxlislar sevadigan oʻyin, balki yosh avlodni eng yaxshi sport anʼanalarida tarbiyalashdir”, - dedi Oʻzbekiston xokkey Federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fazilov.
Eslatib oʻtamiz, “Osiyo bolalari” musobaqasi Oʻzbekiston bolalar xokkey jamoasi uchun birinchi chiqishi hisoblanadi. “Osiyo bolalari” II xalqaro qishki sport oʻyinlari dasturidan changʻi sporti, tezkor konkida uchish, figurali uchish, xokkey, changʻida sakrash, erkin uslub, snoubord, changʻi sporti va qor voleyboli joy olgan.
Musobaqalarda Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Afqʼoniston, Moʻgʻuliston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Rossiya va boshqʼa mamlakatlardan mingdan ortiq yosh sportchilar ishtirok etgan.