So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Hududgaztaʼminot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi
Bugun, 11-dekabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib taʼminlash masalalari boʻyicha Respublika shtabining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda. Yigʻilish Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida tanqidiy ruhda boʻlib oʻtmoqda.

Unda jumladan qonunbuzilishga hamda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan soha rahbarlaridan ayrimlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va qamoqqa olingani maʼlum qilindi. Yigʻilishda Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldashev ayrim maʼlumotlarni ochiqladi.

Bosh prokurorning maʼlum qilishicha, “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi boʻlgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Olmalik gʻishtchi” MCHJ va “Olmaliqshahargaz” filiali mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Izohlar 1
Иван Васильевич Гоголь
2022-Dec-12 03:36Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir