So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Baydenda teri saratoni aniqlandi. U fevral oyida operatsiya qilingan
AQSH prezidenti oʻtgan yili murakkab jarrohlik operatsiyasini boshidan oʻtkazdi. Baydenning sogʻligʻiga masʼul shifokor, Oq uy rahbarining sogʻligʻi barqaror ekanligini maʼlum qildi.
AQSH prezidenti Jo Bayden fevral oyida jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan. Bu haqda Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Kevin OʻKonnor maʼlum qildi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, Baydenning terisida saraton oʻsmalari paydo boʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtish chogʻida, ular olib tashlangan.
“Jo Bayden yoshligida koʻp vaqtini quyoshda oʻtkazgan, aynan quyosh nuri taʼsirida, uning tanasida bazilioma yuzaga kelgan. U prezident boʻlishidan oldin ham shunga oʻxshash operatsiyani boshidan oʻtkazgan”, — deydi shifokor.
Fevral oyida Kevin OKonnor amerikalik yetakchini koʻrikdan oʻtkazgach, davlat rahbarining sogʻligʻi unga AQSH prezidenti vazifalarini cheklovlarsiz bajarish imkonini berishini aytgan edi.
“Prezident Bayden 80 yoshli sogʻlom va baquvvat qariya boʻlib qolmoqda, u oʻz vazifalarini, jumladan, hukumat ijroiya hokimiyati rahbari, davlat rahbari va oliy qoʻmondonlik lavozimlarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir”, — degan edi shifokor.
Bazilioma — saratonning eng keng tarqalgan va oson davolash mumkin boʻlgan shakllaridan biridir, ayniqsa erta aniqlansa. Oʻsimta metastaz bermaydi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Baydenning rafiqasi, Jill Bayden ham teri saratoni operatsiyasidan oʻtgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir