So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Behzod Musayevga bir oy muddat berildi
“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻplab yengilliklar berilishi koʻzda tutilgan.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.
Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev bir oy muddat ichida nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi loyihasini kiritish vazifasi qoʻyildi.
Xususan:
a) 2023-yil 1-apreldan boshlab nogironlik idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi;
b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Behzod Musayev) 2023-yil 1-aprelga qadar nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi loyihasini kiritish, unda:
fuqarolarning mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasidan kelib chiqib nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechib, uning oʻrniga jahon standartlari asosida nogironlikni belgilashga hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning hayotga ijtimoiy moslashuvi va ularning sogʻligʻini qayta tiklashga;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatlardagi axborot texnologiyalaridan, imo-ishora tilidan hamda muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga eʼtibor qaratish belgilangan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir