So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Kechiktirilgan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi — davlat dasturi
“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023-yil 1-iyuldan boshlab, fuqarolarning ogʻirini yengil qiladigan koʻplab oʻzgarishlar roʻy beriyishi koʻzda tutilgan.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.
Davlat dasturida vazirlar va boshqa mustaqil hokimiyat organlariga xalqning ogʻirini yengil, aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish va ularning xarajatlarini tejash boʻyicha aniq vazifalar belgilangan.
Xususan, 2023-yil 1-iyuldan boshlab:
Barcha davlat organlari va tashkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish” chora-tadbirlari belgilanadi.
Vazirlar va boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari 15 kun muddatda oʻz tizimida masofadan turib, shu jumladan mobil ilovalar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini koʻpaytirish, undiriladigan toʻlovlar miqdorini kamaytirish, talab qilinadigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish, koʻrib chiqish jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartirish, shaffoflikni oshirish, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonchalarini tashkil etish, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, tezkor va sifatli xizmat koʻrsatishga oʻqitish boʻyicha tadbirlar dasturini tasdiqlab, aholi va tadbirkorlarga eʼlon qiladi;
b) davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkazish vazifasi qoʻyildi;
v) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish yoʻlga qoʻyish;
g) elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatish (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan) taklifini yuborish yoʻlga qoʻyish.
2023-yil 1-sentyabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga oʻtkazilsin hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyish.
Bunda, subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyatini yaratish hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlar va boshqa korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishni taʼminlash belgilangan.
Fuqarolarning pensiya taʼminotini yaxshilash va pensionerlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, 2024-yil 1-yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilsin.